Mehnat va jtimoiy ta'minot

Yoz oylari uchun bitiruvchilarga stipendiya beriladimi?

Savol: Talaba 4 yil davomida kontrakt asosida o’qib, kontrakt pulini to’laydiyu, nega unga 4-kursning iyul va avgust oylari uchun stipendiya to’lanmaydi?

Javob:Talabalarga stipendiyalar to’lash tartibi va miqdori O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnomasi (bundan keyin Yo’riqnoma) bilan tartibga solinadi. Mazkur Yo’riqnoma 6-mart 2002-yil va 29-avgust 2002-yilda qabul qilingan talabalarga stipendiyalar to’lash tartibi va miqdorini tartibga solgan yo’qirnomalar o’z kuchini yo’qotdi. Amalda bo’lgan Yo’riqnoma va bekor qilingan yo’riqnomalarning faqat rus tilidagi matni mavjud. Shu sababli quyida rus tilidagi matnidan foydalanamiz.

Amaldagi Yo’riqnomada talabalarga 4-kursning (oxirgi kurs nazarda tutilyapti) iyul va avgust oylari uchun stipendiya to’lanishi haqida hech narsa deyilmaydi. Bu haqda bekor qilingan yo’qirnomalarda qoida mavjud bo’lib, yo’riqnomalarning 17-bandida shunday deb belgilangan edi:

“Студентам выпускных курсов за последний учебный семестр окончательный перерасчет осуществляется по окончанию студентом учебы. При этом, разница излишне выплаченных средств по контракту, а также сумма стипендии за летние месяцы (июль, август) возвращается высшим образовательным учреждением в соответствии с контрактом на подготовку специалиста заказчику (юридическому лицу) или студенту (физическому лицу) после издания приказа об окончании студентом обучения;”

Qisqachanorasmiytarjimasi:

[Bitiruvchi kurs talabalariga yoz oylari (iyul, avgust) stipendiyasi oliy ta’lim muassasasi tomonidan  to’lov-kontrakt bo’yicha yo buyurtmachi (yuridik shaxs) yoki talabaning o’ziga qaytariladi.]

Amaldagi Yo’riqnomada esa yuqorida keltirilgan qoida joy olmagan. Yo’riqnomaning 17-bandi 2-xatboshida umumiy qilib, shunday deyiladi:

“Сумма ежемесячного выплачиваемой стипендии, включенной в размер стоимости обучения на платно-контрактной основе за учебный год, не подлежит перерасчету и возврату независимо от рейтинговых показателей успеваемости студентов.

Qisqacha norasmiy tarjimasi:

[Har oy to’lanadigan stipendiya, kontrakt-to’lov asosidagi ta’lim narxiga kiritilgan bo’lib, qaytarib berilmaydi.]

Demak, amaldagi Yo’riqnoma to’lov-kontrakt bo’yicha tahsil olayotgan talabalarga iyul va avgust oylari uchun to’lanmagan stipendiyani qaytarishni nazarda tutmaydi.

One Comment