Savol: Nikohdan ajrashgan er yoki xotin bir o’zi farzand asrab olishi mumkinmi?
Javob: “Voyaga etmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risidagi NIZOM”ning 9-bandiga ko’ra, voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, farzandlikka oluvchilarning nikohda turgan bo’lishi talab etilmaydi va nikohdan ajrashganligi ham farzand asrab olish uchun to’sqinlik qilmaydi.
Quyidagi shaxslarga farzand asrab olish taqiqlanadi:
ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turuvchilar;
sobiq farzandlikka oluvchilar, agar ular farzandlikka olish bo‘yicha zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlaganliklari yoki ularni lozim darajada bajarmaganliklari, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilganliklari, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo‘lganliklari, shuningdek, surunkali ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganliklari munosabati bilan farzandlikka olish bekor qilingan bo‘lsa;
qasddan sodir qilgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar.
Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart, o‘gay ota va o‘gay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasno.
Farzandlikka olish tartibi haqida quyidagi maqolalardan kengroq ma’lumot topishingiz mumkin: