Savol: Uylanganman. Turmush o’rtog’im TDPUda 1-kursda o’qiydi. Men ham TDPUda vaqtinchalik “propiska”ga qo’ysam bo’ladimi? Yoki boshqa joyga qo’ysam bo’ladimi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi NIZOMning 34-bandiga ko’ra, akademik litseylarning, kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari, o‘quv yurtlarining talabalari, aspirantlari, doktorantlari, ad’yunktlari, ordinatorlari, kadrlarni tayyorlash yoki qayta tayyorlash yoxud malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari, shuningdek, ularning oila a’zolari — o‘qish davrida o‘quv yurtlari va idoralarning, qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga; uy-joy maydonining qanchaligidan qat’i nazar, doimiy qayd ettirish huquqiga egadirlar.
Demak, turmush o’rto’g’ingiz talaba bo’lsa, yotoqxonada ro’yxatdan o’tadi va uning oila a’zosi sifatida siz ham yotoqxonadan ro’yxatdan o’tishga haqqingiz bor.
One Comment