Konstitutsiyaviy huquq, Video

Video: Militsiya huquqingizni buzsa, nima qilish kerak?

Voqea haqida ma’lumot:

Sana: 2016 yil 10 aprel

Manzil: Uchtepa, 23 kvartal, Farhod mahallasi, 69 dom

Jabrlanuvchi: 55 yosh, ruhiy kasal

Qonunbuzar: Mahalla noziri Izzatilla Hoshimov

Qonunbuzarlik nimada?

  • Konstitutsiyaga ko’ra:
    • Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
    • Hech kim qiynoqqa solinishi, zo’ravonlikka, shavqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
      • Bu degani militsiya va boshqa davlat mansabdor shaxslari, fuqarolarga baqirishi, urishi, tepishi qat’iyan taqiqlanadi.
  • Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining odob-axloq namunaviy qoidalari to’g’risidagi qaroriga binoan:
    • Davlat xizmatchilari o’z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda fuqarolar huquqlari va erkinliklari ustuvorligi prinsipiga asoslanib ish tutishi kerak (5-xatboshi).
    • Davlat xizmatchilari xushmuomala, iltifotli, fuqarolarni hurmat qilishi shart, fuqarolarga nisbatan qo’pollik qilmasligi, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi kerak (12-xatboshi).

 

Ruhiy xasta bilan muomala qilish

  • Ruhiy xastalikka chalingan kishi jamoat tinchligini buzishi mumkin. Ammo bunday holat militsiya xodimi va umuman har qanday boshqa mansabdor shaxsga yoki fuqarolarga unga baqirish, urish, tepish huquqini bermaydi.
  • Militsiya xodimi faqatgina ruhiy xasta to’g’ridan-to’g’ri xavf tug’dirgandagina kuch ishlatishi, ruhiy xastani tinchlantishga harakat qilishi mumkin. Masalan, ruhiy xasta boshqa fuqaro yoki militsiyaga hujum qilsa, boshqalarni va o’zini himoya qilish uchun mutanosib kuch ishlatish mumkin. Yerda yotgan, boshqalarga to’g’ridan-to’g’ri hujum qilmayotgan kishini hech kim tepishga haqqi yo’q.

 

Nima qilish kerak?

  • Militsiya xodimlari sodir etgan huquqbuzarliklar ustidan:
    • [1] Tobelik tartibida yuqori turuvchi organga;
    • [2] Prokuraturaga; yoki
    • [3] Sudga murojaat qilish mumkin.
  • To’g’ridan-to’g’ri prokuraturaga murojaat qilish ko’pincha masalaning ham tez, ham ijobiy hal bo’lishiga sabab bo’ladi. Sababi, Prokuraturaning asosiy vazifasi bu qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilishdan iborat.
  • Shikoyatingiz tezroq ko’rib chiqilishi uchun, shikoyatingizni bir vaqtning o’zida 2-3 joyga yuborish kerak. Masalan, shikoyatingizning bir nusxasini tegishli ichki ishlar boshqarmasiga, bir nusxasini tegishli prokuratura bo’limiga va bir nusxasini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatiga yuborishingiz mumkin. Bunda davlat organlarining manzillarini shikoyatingizda ketma-ket yozsangiz bo’ladi. Shunda shikoyatingizni o’qigan mutasaddi shaxs, shikoyat boshqa qaysi davlat organlariga yuborilganligini biladi va bu holat uning siz shikoyat qilayotgan masalalarni tezroq hal qilishiga turtki bo’lib xizmat qilishi mumkin.
  • Qoidalar:

 

Ishonch raqamlari:

  • Bosh prokuratura – 232-10-07
  • Toshkent shahar prokuraturasi – 271-10-07
  • Ichki Ishlar Vazirligi – 233-39-39
  • Toshkent shahar Adliya vazirligi boshqarmasi – 262-92-42

 

Yakuniy tavsiyalar

  • Hodisa ro’y bergandan keyin zudlik bilan advokat bilan bog’laning va qanday qonuniy chora ko’rish mumkinligi haqida maslahat oling.
  • Militsiya va boshqa davlat mansabdor shaxslari ustidan shikoyat qilishda dalillarni yig’ish va ularni asrashga alohida e’tibor berishingiz kerak. Militsiya xatti-harakatlarini videoga yozib olishga harakat qiling. Guvohlarning ko’rsatmalari va ular bilan keyinchalik bog’lanish uchun ism-sharif, telefon raqami va manzillarini yozib oling.
  • Shikoyatni yozishda huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, joy, militsiya xodimi va guvohlar haqida ma’lumot bering. Militsiya xodimining xatti-harakatlarini aniq, barcha tafsilotlari bilan bayon etishingiz kerak.
  • Shikoyatingizni pochta orqali buyurtma qilib (“zakaznoy”) yuboring. Buyurtma xati jo’natilganda pochta xizmatchisi sizga xatni kimga va qachon yuborganingizni tasdiqlovchi patta beradi. Shikoyatlarni ko’rib chiqish muddatlari buzilsa, shu patta yordamida haq-huquqlaringizni talab qilishingiz mumkin. Undan tashqari, shikoyatni qabul qilib olgan davlat organi ham xatingiz buyurtma xati bo’lib kelganini ko’radi va tegishli muddatlarda javob berishga majbur bo’ladi.

Comments are closed.