Mehnat va jtimoiy ta'minot

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi qanday to’lanadi?

Savol: Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi qachon, kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Javob: Vaqtincha  mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi  kasal bo’lganda, mehnatda mayib bo’lgan yoki boshqacha tarzda shikastlanganda, shu jumladan turmushda jarohatlanganda, oilaning betob a’zosini parvarish qilayotganda, karantin e’lon qilinganda, sanatoriy-kurortda  davolanayotganda va protez qilinganda to’lanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo’lgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to’liq miqdorida, boshqa hollarda esa xodimning davlat ijtimoiy sug’urtasi badallarini to’lagan muddatiga (umumiy ish stajiga), qaramog’idagi voyaga etmagan bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab, ish haqining oltmish foizidan yuz foizigacha miqdorida to’lanadi. Yana shuni qo’shimcha qilish lozimki, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan oz bo’lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim.

Comments are closed.