Savol: Otam 31 yildan beri paxta zavodda ishlab chiqarish sexida ishlaydi. Hozir 56 yoshda. Ishi qiyin bo’lganligi sababli sog’ligida muammolar paydo bo’la boshladi. Shuning uchun 60 yoshga yetmasdan ham pensiyaga chiqishi mumkinmi? Erkaklarning pensiyaga chiqish yoshi 25 yil qilib belgilangan ekan. Otamning 31 yil ishlagani hisobga olinib, pensiyaga 4 yil oldin chiqish uchun imtiyoz beriladimi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi” qonuni 2-bob 7-modasiga ko‘ra –erkaklar kamida 25 yillik staj bilan 60 yoshda, ayollar esa kamida 20 yillik staj bilan 55 yoshda pensiyaga chiqishi belgilangan. Otangizni ish staji etadi, lekin yoshi etmaydi. Shuning uchun, otangiz imtiyozli pensiya oluvchilar toifasiga kirmaydi va agar ungacha qonun o‘zgarmasa, otangiz 60 yoshga etganda pensiyaga chiqadi. Agarda sog‘lig‘i ishga yaroqsiz bo‘lsa hamda buni tasdiqlay olsangiz, mazkur qonunning 15-moddasi doirasida nogironlik pensiyasi olishi mumkin.