Savol: Koreyada bo’lganligim sababli, O’zbekistondan ukamning nomiga uy sotib olganman. Uyni o’z nomimga o’tqazishga ukamning qarshiligi yo’q. Sotib olingan uyim Toshkent viloyatida, o’zim Qoraqolpog’istonda ukamning uyida propiskadaman. Toshkendagi ukamning nomida bo’lgan uyimni o’z nomimga o’tkaza olamanmi?
Javob: Ukangiz nomidagi uyni o’z nomingizga hadya shartnomasi asosida rasmiylashtirishingiz mumkin. Fuqarolik kodeksining 504-moddasiga ko’ra, ko‘chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
2011-yil 14-sentabrda qabul qilingan O’RQ-299-sonli “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo’lgan shaxslar – O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalari ro’yxati to’g’risida”gi Qonunining 1-bandiga ko’ra, qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari – xususiy mulk qilib olingan uy-joyga doimiy propiska qilinadi.
Demak, hadya shartnomasi asosida Toshkent shahri yoki viloyati hududidagi uy-joyni o’z nomingizga o’tkazish orqali, Toshkent shahri yoki viloyati hududida doimiy propiska qilinishi huquqiga ega bo’lasiz.