Xabarlar

Transparency International O’zbekistonga korrupsiyaga qarshi kurashda yordam beradi

Oʻzbekiston bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 180 mamlakatdan iborat roʻyxatning 158 oʻrnini egallamoqda.

“Transparency International” korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha nodavlat xalqaro tashkiloti Oʻzbekistonga korruptsiyaga qarshi kurashda yordam beradi. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” dasturida xabar berildi.

Tashkilotning mintaqaviy menejeri Svetla Savitskaya soʻzlariga koʻra, Transparency International korruptsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishda yordam berishga tayyor.

Taʼkidlanishicha, aprel oyining oxirida Toshkentda Transparency International ekspertlari ishtirokida Oʻzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash sohasida xalqaro standartlar va zamonaviy amaliyotlarni joriy qilish boʻyicha tadbir oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Oʻzbekiston bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha180 mamlakatdan iborat roʻyxatning 158 oʻrnini egallamoqda. 2017-yili 157 chi, 2016-yilda esa 156 oʻrinni egallagan edi.

Transparency International — korrupsiyaga qarshi kurash va butun dunyodagi korrupsiya darajasini oʻrganish boʻyicha nodavlat xalqaro tashkilotdir. Xalqaro harakat 1993 yilda Jahon bankining sobiq direktori Peter Eigen tomonidan Berlinda tashkil etilgan. Hozirgi kunda tashkilot dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida oʻz boʻlimlariga ega.

Manba: spot.uz

Comments are closed.