2011-yil 14-sentabrda “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo’lgan shaxslar – O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalari ro’yxati to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun yuzasidan bizga bir qancha savollar kelib tushdi. Quyida qonundagi ba’zi atama va bandlarga tushuntirish va izoh berib o’tamiz. Izohlar qavs ichida berilmoqda.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo’lgan shaxslar – O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalari Ro’yxati:
1. Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari – xususiy mulk qilib olingan uy-joyga.
(Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskada turmagan fuqaro shu hududda uy-joy sotib olsa, doimiy propiskaga yozilishi mumkin.)
2. Qarindoshlar – o’zlarining to’g’ri shajara bo’yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
(Oila kodeksining 57-moddasi[1]ga muvofiq, bolalar ota-onasiga nisbatan to’g’ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan ikkinchi qarindoshlar hisoblanadi. Demak, farzandlar ota-onasi – (ota-ona farzandlari) va nabiralar bobo-buvisi – (bobo-buvi nabiralari) yashayotgan uy-joyga doimiy propiskaga qo’yilishi mumkin.)
3. Vasiylik va homiylikdagi shaxslar—vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joyga.
(Vasiy yoki homiy etib tayinlangan shaxslar Toshkent shahri va viloyati hududida doimiy propiskada tursa, ular yashayotgan uy-joyga vasiylik yoki homiylik tayin etilgan shaxslar doimiy propiskaga qo’yilishi mumkin. Ushbu ro’yxatda keltirilgan izohga ko’ra, vasiylik yoki homiylikdagi shaxslar doimiy propiskaga o’tgach, ularning qarindoshlari, ya’ni ota- bobo-buvisi ular yashayotgan uy-joyga doimiy propiskaga qo’yilmaydi).
4. Ota-onasi bo’lmagan voyaga yetmagan tug’ishgan aka-uka va opa-singillar, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz bo’lgan hamda o’z oilasi bo’lmagan voyayaga yetgan tug’ishgan aka-uka va opa-singillari – o’zlarining tug’ishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
(18 yoshga to’lmagan, ota-onasi vafot etgan shaxslar ularning tug’ishgan aka-uka va opa singillari Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida doimiy propiskada tursa, ular yashayotgan uy-joyga doimiy propiskaga o’tishi mumkin. Shuningdek, 18 yoshdan oshgan, ammo mehnatga qobiliyatsiz hamda o’z oilasi bo’lmagan shaxslar tug’ishgan aka-uka va opa-singillarining uy-joyiga doimiy propiskaga qo’yilishi mumkin.)
5. Er (xotin) – xotin (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga, basharti kamida bir yil birgalikda yashayotgan bo’lsa.
(Er-xotindan biri doimiy propiskada tursa, ikkinchisi ham doimiy propiskaga o’tishi mumkin. Bu qoida er-xotin nikohi qayd etilganidan so’ng bir yildan keyin amal qiladi. Ushbu ro’yxatda keltirilgan izohga ko’ra, er yoki xotin doimi propiska qilingach, uning qarindoshlari, ya’ni ota-ona va bobo-buvisi u yashayotgan uy-joyga doimiy propiskaga qo’yilmaydi).
6. Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo’lgan fuqarolar – ular
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida boshqa manzil bo’yicha doimiy propiska qilinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.
7. Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo’lgan fuqarolar – ular Toshkent viloyatida boshqa manzil bo’yicha doimiy propiska qilinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.
8. Ilgari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolar – o’qishini, ishini, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelganida.
9. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimgalarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o’z oilasi bo’lmagan farzandlari ) – mazkur fuqarolar lavozimida turadigan turadigan davrga.
(Ushbu toifadagi shaxslar doimiy propiskaga vaqtinchalik o’tadi. Mazkur shaxs lavozimidan ketganidan so’ng, u va u bilan birga doimiy propiskaga o’tgan oila a’zolarining ham doimiy propiskasi bekor qilinadi. Mazkur shaxsning farzandlari oila qurgan bo’lsa, ular doimiy propiskaga o’tmaydi. Ushbu ro’yxatda keltirilgan izohga ko’ra, bu toifadagi shaxs va uning oilasi doimiy propiska qilingach, ularning qarindoshlari, ya’ni farzandlar ota-onasi – (ota-ona farzandlari) va nabiralar bobo-buvisi – (bobo-buvi nabiralari) ular yashayotgan uy-joyga doimiy propiskaga qo’yilmaydi.)
10. Qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylangan fuqarolar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini , shuningdek ularning o’z oilasi bo’lmagan farzandlari) – mazkur fuqarolar lavozimida turadigan davrga.
(Ushbu toifadagi shaxslar doimiy propiskaga vaqtinchalik o’tadi. Mazkur shaxs lavozimidan ketganidan so’ng, u va u bilan birga doimiy propiskaga o’tgan oila a’zolarining ham doimiy propiskasi bekor qilinadi. Mazkur shaxsning farzandlari oila qurgan bo’lsa, ular doimiy propiskaga o’tmaydi. Ushbu ro’yxatda keltirilgan izohga ko’ra, bu toifadagi shaxs va uning oilasi doimiy propiska qilingach, ularning qarindoshlari, ya’ni farzandlar ota-onasi – (ota-ona farzandlari) va nabiralar bobo-buvisi – (bobo-buvi nabiralari) ular yashayotgan uy-joyga doimiy propiskaga qo’yilmaydi.)
11. Davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko’ra, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o’z oilasi bo’lmagan farzandlari) – mazkur fuqarolar lavozimida turadigan davrga.
(Ushbu toifadagi shaxslar doimiy propiskaga vaqtinchalik o’tadi. Mazkur shaxs lavozimidan ketganidan so’ng, u va u bilan birga doimiy propiskaga o’tgan oila a’zolarining ham doimiy propiskasi bekor qilinadi. Mazkur shaxsning farzandlari oila qurgan bo’lsa, ular doimiy propiskaga o’tmaydi. Ushbu ro’yxatda keltirilgan izohga ko’ra, bu toifadagi shaxs va uning oilasi doimiy propiska qilingach, ularning qarindoshlari, ya’ni farzandlar ota-onasi – (ota-ona farzandlari) va nabiralar bobo-buvisi – (bobo-buvi nabiralari) ular yashayotgan uy-joyga doimiy propiskaga qo’yilmaydi.)
12. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrda PQ-649-sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq uy-joy bilan ta’minlangan harbiy xizmatchilar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o’z oilasi bo’lmagan farzandlari).
(Ushbu toifadagi shaxslar doimiy propiskaga vaqtinchalik o’tadi. Mazkur shaxs lavozimidan ketganidan so’ng, u va u bilan birga doimiy propiskaga o’tgan oila a’zolarining ham doimiy propiskasi bekor qilinadi. Mazkur shaxsning farzandlari oila qurgan bo’lsa, ular doimiy propiskaga o’tmaydi. Ushbu ro’yxatda keltirilgan izohga ko’ra, bu toifadagi shaxs va uning oilasi doimiy propiska qilingach, ularning qarindoshlari, ya’ni farzandlar ota-onasi – (ota-ona farzandlari) va nabiralar bobo-buvisi – (bobo-buvi nabiralari) ular yashayotgan uy-joyga doimiy propiskaga qo’yilmaydi.)
[1] 57-modda. Qarindoshlik
Bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs o‘rtasidagi to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, ya’ni tug‘ilish soni bilan belgilanadi.
Bolalar ota-onasiga nisbatan to‘g‘ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan — ikkinchi, evara katta bobosiga, katta buvisiga nisbatan — uchinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi va hokazo.
Aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari va shunga o‘xshashlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlar hisoblanadi va hokazo.
To‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdir.
Ikki shaxs o‘rtasida qarindoshlikning uzoq-yaqinligini aniqlashda, darajalarning soni yoki shu shaxslardan birining o‘zini hisobga qo‘shmay turib, undan kelib chiqqan avlodlar soni hisobga olinadi.
Hisob ajdodlar tomon to‘g‘ri shajara bo‘yicha ular uchun umumiy bo‘lgan shaxsga (ajdodga) qarab va undan esa, avlodlar tomon — ulardan boshqasiga qarab olib boriladi.
Tug‘ishgan aka-uka va opa-singil qarindoshlikning ikkinchi darajasida, tog‘a va amaki, amma va xola o‘z jiyanlari bilan qarindoshlikning — uchinchi, tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar esa — to‘rtinchi darajasida turadilar.
17 Comments