Maqolalar, Video

Tashkilotlarga xayriya qilishda nimaga e’tibor berish kerak?

Musulmon Advokatlar tashkiloti AQShdagi milliy huquqiy targ’ibot va ta’lim tashkiloti bo’lib, AQShlik musulmon aholiga o’z huquq va burchlarini bilishda yordam beradi. Musulmon Advokatlari mazkur maqolani xayriya qiluvchilarga zakot, sadaqa va xums kabi xayriyalarni qanday va qayerga xayriya qilish borasida yordam berish uchun tayyorlagan.  i

Yil davomida Amerika musulmonlari AQShda va turli boshqa davlatlardagi insonlarga yordam berish uchun turli xayriyalarga sadaqa berishadi. Musulmon Advokatlari guruhi quyidagi ro’yxatda xayriya beruvchi sifatida siz nimalarga e’tibor berishingiz lozimligini tushuntiradi.

Xayriya berishdan oldin uni kimga berishingiz borasida izlanish olib boring

Xuddi biror narsa sotib olganingizdagi yoki biror biznesni xizmatidan foydanganingizdagi mazkur mahsulot yok biznes haqida ma’lumot to’plaganingizdek, sadaqa berishdan oldin xayriya jamg’armalari haqida ham izlanish olib boring. Xayriya berish uchun jamg’armani tanlayotgandan quyidagilarga e’tibor bering:

  1. Jamg’arma yoki guruhning maqsadlarini anglab yeting. Avvalambor, o’zingizga men sadaqam bilan kimga yoki nimaga (masalan, ochlar qornini to’ydirish, muhtojlarga kiyim berish, biror inshootni tiklash yoki birlamchi yordamni qo’llab-quvvatlash) yordam berishni istayman deb savol berib ko’ring. Siz izlanayotgan xayriya jamg’armasining maqsadlari sizning maqsadlaringizga to’g’ri keladimi? Mazkur jamg’armaning xayriya pullarini siz yordam bermoqchi bo’lgan insonlar yoki maqsadlarga sarf qiladimi?
  2. Xayriya Jamg’armasining veb saytiga kirib ko’ring. Jamg’arma siz xayriyangiz bilan ko’maklashmoqchi bo’lgan yo’nalish yoki geografik makonda olib borgan ko’mak ishlaridan misol ko’rsatadimi? Yordam ishlarini jamg’armaning o’zi qiladimi yoki bu ishni amalga oshirish uchun boshqa tashkilotlarga grant beradimi? Jamg’arma amalga oshirgan ishlarining dalili sifatida vebsaytida yordam yetib borgan insonlar rasmlarini saytda ko’rsatadimi yoki umumiy (reklama uchun ishlatiladigan) rasmlardan foydanaladimi? Shaffof tashkilot o’z vebsaytida yillik hisobotlarini ham joylashtirgan bo’ladi.
  3. Jamg’armaning yillik hisobotini so’rab ko’ring. Ko’plab jamg’armalar yillik hisobotlarini donorlar va a’zolar, jamg’armaga qiziqqan shaxslaruchun o’z saytlarida joylashtiradi. Mazkur hisobot tashkilotning missiyasi, o’tgan yilda amalga oshirilgan ishlar xulosasi, tashkilot xodimlari va direktorlar kengashi a’zolari hamda tashkilotning o’sish va barqarorligini ko’rsatuvchi muhim moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etadi.  Agar jamg’arma yillik hisobot tayyorlamasa, hech bo’lmasa moliyaviy hisobotlar hamda auditor (tashqi tekshiruvchi)ning hisobotlari nusxasi bilan tanishib chiqishni so’rang.
  4. Jamg’armaning soliq deklaratsiyasini ko’zdan kechiring. Deyarli har bir mahalliy nodavlat tashkilot IRSga yillik 990 shaklini topshirish majburiyatini oladi. (Masjidlar va ibodat uylari kabilar esa bundan mustasno) Agar siz izlanayotgan jamg’arba 990 shaklini topshirishga majbur bo’lsa, uning vebsaytida soliq deklaratsiyasi va boshqa shunga o’xshash hujjatlar bilan tanishib chiqing. Xuddi shu ma’lumotlarni Guidestar, jamg’arma joylashgan shtatning tekshiruvchi vebsaytlardan ham topishingiz mumkin. Mazkur hujjatlarda tashkilot bergan javoblarga qarang, tashkilot o’zining ishini qanday tasvirlaydi, mablag’larni qanday sarf qiladi va qanday ishlarni amalga oshiradi.
  5. Eng yaxshi tashkilotni jamg’armani tanlang. Ko’plab jamg’armalar xayriya beruvchilarning ishonchini oqlash uchun minimum talablarni bajarishdan tashqari ham ishlarni amalga oshiradi. Shunday ekan, siz mustaqil auditorlar tekshiruvi natijasida a’lo darajada deb topilgan jamg’armaga xayriya qiling. Masalan, BBB Aqlli Xayriya Al’yansi tomonidan akreditatsiya qilingan tashkilotlarga xayriya qilish tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, sizga ma’qul bo’gan jamg’armaga Muslumon Advokatlar tashkiloti mutaxassislaridan yordam olishni tavsiya qilishingiz mumkin.

Xayriya qilayotganingizda soliq chegirmalariga diqqat qiling

  1. Jamg’arma yoki yoki tashkilot soliq to’lashdan ozod qilinganligiga ishonch hosil qiling. Agar siz xayriya qilmoqchi bo’lgan tashkilot AQShda  ro’yxatdan o’tgan va 501(c)(3) status bilan soliqdan ozod qiligan bo’lsa, mazkur tashkilotga qilgan xayriyangizdan sizga soliq solinmaydi. Demak, xayriya qilishdan oldin tashkilotdan ular soliqdan ozod qilinligi haqida so’rang, vebsaytidan buni tekshiring yoki EO Seleck Check kabi onlayn qidiruv qo’llanmalaridan izlab ko’ring . Yodda tuting, masjid va boshqa ibodat uylariga o’xshash tashkilotlar IRSdan ro’yxatdan o’tishi  talab shart emas, shuning uchun ba’zan ular EO Select Check habi onlayn qo’llanmalarida ko’rinmasligi mumkin.
  2. Qanday xayriyadan soliq chegirmasi olishingizni biling. Hamma xayriya qilgan narsalar ham soliq chegirmasini olavermaydi. Donor, ya’ni siz xayriya beruvchi biror moddiy manfaat ko’radigan xayriyalar (masalan, maktabga o’qish uchun to’langan pul, pul yig’ish uchun o’tkazilgan tadbirdagi tekin ovqat, birovning oilasi uchun taxiyaxonaga ijara haqi to’lash) yoki biror boshqa tashkilotga yoki shaxslarga atalgan mablag’lar soliq chegirmasini olmaydi.

Xorijdagi tashkilotlar va maqsadlarga xayriya qilishda diqqatli bo’ling

Xalqaro xayriya qoidalari murakkab va doimiy ravishda o’zgarib boradi. Musulmon Advokatlari tashkiloti har bir xayriya beruvchini xorijga mablag, narsa yoki xizmatlarni yuborishdan oldin ularni diqqat bilan o’rganib chiqishga chaqiradi.  Avvalambor, xorijdagi qaysi maqsadlarga ko’mak berishingizni aniqlab olishingiz lozim. So’ngra esa mazkur maqsadlar yoki ularni amalga oshirayotgan guruhlarga ko’maklashishga cheklov yo’qligini tekshiring. Qo’shimcha ravishda, xorijiy tashkilotlar yoki maqsadlarga quyidagi tekshiruvlardan o’tgandan so’ng xayriya qilishni tavsiya qilamiz.

  1. Mahalliy xayriya tashkiloti orqali xayriya qiling. Xorijiy xayriya tashkilotlariga berilgan xayriya mablag’lariga soliq chegirmalari berilmaydi. Ammo siz bergan xayriyalaringiz uchun soliq chegirmasini olish uchun siz xohlagan xorijiy davlatlarga grant beradigan yoki boshqa ko’rinishda xayriya yordamini yetkazadigan AQShda ro’yxatdan o’tgan tashkilotga pul berishingiz mumkin. Bundan tashqari, mahalliy tashkilotlar sizga, boshqa donorlariga va davlatga ko’proq hisobdorroq bo’ladi. AQShdan ro’yxatdan o’tgan va siz xohlagan maqsadlarga xizmat qiladigan mahalliy xayriya tashkilotini izlab toping va unga xayriya qiling.
  2. Tashkilot qonuniyligini tekshiring. Xorijiy davlatda ishlashini iddao qilayotgan tashkilotdan o’sha davlatda ro’yxatdan o’tganligini tekshiring. Bundan tashqari, agar tashkilot xayriya ishlarini olib borisni iddao qilayotgan davlatda joylashmagan bo’lsa yoki joriy dasturlari bo’lmasa, xayriyani yetkazuvchi tashkilot yoki shaxslarning ismi, kvalifikatsiyasi, tajribasi haqida ma’lumot yetkazib berishini so’rang.
  3. Ta’qiqlar ro’yxatini tekshiring. Xorijiy xayriya yoki tashkilot, ularning direktorlari yoki xodimlaridan biri terrorchi yoki taqiqlangan tashkilot sifatida ro’yxatga kiritilmaganligini tekshiring. Xayriya tashkilotining yetakchilari, rahbarlari, ta’sischilar kengashi, xodimlari va direktorlarining ismlarini so’rang. Mazkur ismlarni AQSh Xorijiy Mol-mulk nazorati ofisi (US Office of Foreign Assets Control)ning SDN qidiruv moslamasi oraqali Maxsus ro’yxatdagi Shaxslar )Specially designated nationals) va boshqa davlat ta’qiqlagan ro’yxatlar orasidan izlab ko’ring.
  4. Davlat sanksiya-jazo choralaridan xabardor bo’ling. AQSh bir necha davlatlar va regionlarga iqtisodiy sanksiyalar va embargolar qo’ygan. Siz xayriya qilmoqchi bo’lgan tashkilot sanksiyalar ro’yxatidagi davlarda bor yoki yo’qligini tekshiring, agar bor bo’lsa, unda bu sizga qanday ta’sir qilishi haqida izlaning. Agar savolingizga aniq javob topa olmasangiz, xorijiy tashkilotlarga xayriya qilish bo’yicha qonun-qoidalardan xabari bor huquqshunos bilan maslahatlashing.
  5. Pulni elektron uzatish yo’llaridan ehtiyot bo’ling. Chet davlatlarga, ayniqsa musulmon davlatlarga elektron pul uzatish federal ijro xodimlarining sizning ishingizga sinchkovlik bilan qarashiga sabab bo’ladi. Agar chet elga pulni bankd orqali yuborayotgan bo’lsangiz, bankning qonuniyligini hamda uning nomi AQSh maxsus qora ro’yxatidan joy olmaganligini tekshiring. Xayriyangiz haqida ortiqcha surishtirishlarining oldini olish maqsadida AQShda ro’yxatndan o’tgan tashkilotga xayriya qilganingiz ma’qul.
  6. Xayriyadan maqsadingizni ochiq ifodalang. Xayriya qilayotganingizda nima maqsadda xayriya qilayotganingizni aniq yozma tarzda ifodalang. Masalan, bu xayriya ochlarni to’ydirish uchun, tabiiy ofatdan qutqarish uchun yoki boshqa xayriya loyihalariga deb xayriyaga qo’shimcha sifatida email yoki xat yoxud chekning izohlar degan qatoriga yozib qo’ying.
  7. Nusxasini saqlang. Qilgan xayriyalaringizni tasdiqlovchi yoki bekor qilinganlik haqidagi cheklar, bank varaqalari va boshqa yozma hujjatlarni saqlab qo’ying. Xayriya tashkilotlari sizga qilgan xayriyangizni tasdiqlovchi chek yoki tasdiq xati berishi lozim. Soliq chegirmalari berilgan xayriyalaringizning tasdiq cheklari yoki tasdiqlovchi xatlarni soliq deklaratsiyasini to’ldirganingizdan keyin kamida yetti yilgacha saqlashingiz lozim.
  8. Qo’shimcha hisobdorlikni talab qiling. Xayriya bergan tashkilotingizdan ishlar qanday ketayotganiligi va mablag’lar qanchalik maqsadlar sari ishlatilayotganligini so’rab turing. Masalan, muammolar qanday hal qilinayotganligi, xayriya tufaylik yordam ko’rayotgan insonlar hikoyalari tasvirlangan rasmlar va statistika ma’lumotlarini taqdim qilishini so’rang.

Bu ro’yxatda aytilgan ishlarni bajarish bilan siz xayriyangiz ko’zlangan maqsadlarga sarflanayotganligiga ishonchingiz ortadi. Shu bilan birga xayriya va tabiiy ofatda yordam ko’rsatuvchi tashkilotlar kerakli yordam olishi kafolat olasiz.

*Mazkur ma’lumot ta’lim maqsadida tayyorlangan bo’lib, u advokatning rasmiy xizmati hisoblanmaydi.

Comments are closed.