Maqolalar

Tashabbusda kutubxona ochildi

Saytimizda yana bir muhim yangilik yuz berdi. O’zida huquqiy kitoblarni jamlagan Tashabbus elektron kutubxonasini tashkil etdik. Siz bu bo’limdan, xalqaro huquq, jinoyat huquqi, fuqarolik huquqi hamda inson huquqlari kabi turli mavzularda o’zbek va rus tillaridagi kitoblarni topib, ularni o’qish uchun kompyuteringizga saqlab olishingiz mumkin.

Bugungi, ya’ni 2013-yil 5-yanvar holatiga ko’ra, hozir saytimizga jami 23 ta kitob qo’yilgan. Eng ko’p kitoblar Xalqaro huquq (14 ta) va Inson huquqlari (12 ta) bo’limlarida.

Ushbu kutubxonani tashkil etishdan maqsad huquqshunoslik talabalari va keng kitobxonlar ommasining yuridik savodxonligini ko’tarishga yoramlashishdir. Saytni ochgan paytimizda o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarimizda ta’kidlanganidek, fuqarolarimizning huquqiy savodxonligini oshirish, talablar o’rtasida ilmiy bahslar tashkil etish muhim vazifalarimiz sirasiga kiradi.

Umid qilamizki, ushbu kutubxona ham shu maqsad yo’lida xizmat qiladi.

One Comment