Bojxona va soliq

Ta’lim kontraktini to’lovchi vasiyga soliq imtiyozi bormi?

Savol: Mening turmush o‘rtog‘im universitetda kontrakt asosida o‘qiydi. Kontraktni to‘lash uchun bankdan kredit olganman. 2010-yildan Soliq kodeksida oliy o‘quv yurtlarida kontrakt asosida o‘qiyotgan farzandlarni kontraktini to‘lash uchun ota-onalar soliqdan ozod etilganligi belgilanibdi. Ushbu soliq chegirmasi menga taalluqlimi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o’quv yurtlarida to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun ta’lim kreditlarini berish to’g’risida”gi Qarorida kredit oluvchilarga nisbatan soliq imtiyozlari qo’llanilishi belgilanmangan.

Soliq Kodeksining 179-moddasi 31-bandiga ko’ra, 2010-yilning 1-yanvaridan fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish uchun (o’zining o’qishi yoki yigirma olti yoshga to’lmagan farzandlarining o’qishi uchun) yo’naltiriladigan summalariga jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solinmaydi.

“O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo’naltiriladigan mablag’larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyozni qo’llash tartibi to’g’risida”gi Nizomning 5-bandiga ko’ra, o’zining o’qishi yoki o’z farzandlarining o’qishi uchun to’langanda, soliq chegirmasi jismoniy shaxs – ta’lim oluvchiga, shuningdek, agar o’qish uchun to’lov ta’lim oluvchi yigirma olti yoshga to’lguniga qadar amalga oshirilayotgan bo’lsa, uning ota-onalariga beriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtidagi talabaning ta’lim olishi uchun to’lovdan vasiylar yoki ota-onasidan tashqari boshqa qarindoshlar soliq chegirmasi olish huquqiga ega emas.

Comments are closed.