Oʻtgan oy jurnalist Bobomurod Abdullayev va uning jinoiy sheriklari deya gumon qilingan uch kishi sud zalidan ozod qilindi. Gumondorlarning barchasi Jinoyat Kodeksining159-modda 4-qismi (Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, hukumatni qurolli yoʻl bilan agʻdarishga urinish) bilan ayblangan edilar. Abdullayev hibsda qariyb 221 kun saqlandi, ammo unga qarshi surilgan asosiy ayblovlarning birortasi oʻz tasdigʻini […]
Tag: qiynoq
Jinoyat Kodeksi 235-moddasi tahlili: g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala
Adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash uchun mansabdor shaxslarni noqonuniy harakatlari uchun javobgarlikka tortish alohida ahamiyat kasb etadi. Noqonuniy harakatlar uchun mansabdor shaxs ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Jinoyat Kodeksining (bundan keyin JK) 235-moddasi qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash uchun jinoiy […]
Tergov xonalarini videokuzatuv jihozlari bilan jihozlash haqida
2017-yil 18-aprelda President Shavkat Mirziyoyev “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorini (bundan buyon Qaror) imzoladi. Qarorning 6-bandida 1-yanvar 2018-yilgacha Ichki Ishlar organlarida so‘roqni stenografiya usuli bilan yozib olish, videokuzatuv, shuningdek, tergov harakatlarini audio va videoga muhrlash tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalar tashkil […]
Qiynoqlarga qarshi Konvensiya va O’zbekiston qonunlari
1984-yil 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi muomala va jazolashga qarshi” (bundan keyin “Qiynoqlarga qarshi Konventsiya”) Konvensiyasini qabul qildi. O’zbekiston Qiynoqlarga qarshi Konvensiyaga 1995-yil 28-sentabrda qo’shilib, unda mustahkamlangan majburiyatlarni bajarishni o’z zimmasiga olgan. Bugunga kelib Qiynoqlarga qarshi Konvensiyaga 160 davlat qo’shilgan. Xo’sh, amaldagi qonunchilik […]
“Tezkor-qidiruv faoliyati to’g’risida”gi Qonun: Uning ahamiyati va amaliyot bilan bog’liq muammolar
2012-yil 26- dekabrda “Xalq So’zi” gazetasining 251(5671)-sonida “Tezkor-qidiruv faoliyati to’g’risida”gi Qonun e’lon qilindi. Uning 31-moddasiga binoan, qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 12 oy o’tgach kuchga kirishi belgilangan. Demak, ushbu hujjat 2013-yil 26-dekabr kuni rasman kuchga kirdi. Tezkor-qidiruv faoliyati tergov oldi harakatlarining eng muhim qismi bo’lgani sababli, bunday faoliyatning alohida […]