Savol: Yaqinda sud idorasidan onamga qo’ng’iroq qilishib o’g’lingizni(meni) sud doimiy ro’yxatdan chiqarishga qaror chiqarayapti deb xabar beribdi. Buning sababi sifatida men uyda 6 oy yashamaganimni ta’kidlashibdi. Ma’lumot o’rnida shuni aytishim keraki, hozirda Koreya Respublikasida vaqtinchalik istiqomat qilmoqdaman. Doimiy ro’yxatim O’zbekistonda. Savolim quyidagicha: Sud nimalar asosida fuqaroni doimiy ro’yxatdan chiqarishga qaror […]
Tag: propiska
Uyni hadya qilsa, propiskaga o’tamanmi?
Savol: Qaraqalpog’iston respublikasi Amudaryo tumanidan ko’chib keldim. Millatim o’zbek. Men 2010-yilda Toshkent viloyati, Bostonliq tumanidan uy sotib olganman. Uyni amakivachchamning nomiga olgandim. Amakivachcham mening nomimga propiskada turishim uchun ishonchnoma bergandi. Shu yildan boshlab vaqtinchalik propiskada turib kelyapman. 2012-yilda Bostonliq tumanidan xususiy tadbirkor guvohnomasini oldim. Chirchiq shahrida tele-radio apparaturalarini ta’mirlash ustaxonasini ochganman. […]
Onamning uyida ro’yxatda turishga haqqim yo’qmi?
Savol: Onam yashaydigan va onamga tegishli uyda “propiska”da turishga huquqim bormi? Agar buni onam xohlamasa, “propiska”ga turish uchun qanday yo’l tutishim lozim? Umuman, shaxsiy uy-joyga ega bo’lgunga qadar doimiy ro’yxat bilan bog’liq qanday holatlar mavjud? Javob: Voyaga yetmagan, ya’ni 18 yoshga to’lmagan farzandlar ota-onasining uy-joyida yashasa, uy-joy egasining rozi yoki […]
Xotinim talaba, men ham yotoqxonada ro’yxatda tursam bo’ladimi?
Savol: Uylanganman. Turmush o’rtog’im TDPUda 1-kursda o’qiydi. Men ham TDPUda vaqtinchalik “propiska”ga qo’ysam bo’ladimi? Yoki boshqa joyga qo’ysam bo’ladimi? Javob: O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi NIZOMning 34-bandiga ko’ra, akademik litseylarning, kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari, o‘quv yurtlarining talabalari, aspirantlari, doktorantlari, ad’yunktlari, ordinatorlari, kadrlarni tayyorlash yoki qayta tayyorlash yoxud malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari, […]
Ukamning nomidagi uyni o’z nomimga qanday rasmiylashtirishim mumkin?
Savol: Koreyada bo’lganligim sababli, O’zbekistondan ukamning nomiga uy sotib olganman. Uyni o’z nomimga o’tqazishga ukamning qarshiligi yo’q. Sotib olingan uyim Toshkent viloyatida, o’zim Qoraqolpog’istonda ukamning uyida propiskadaman. Toshkendagi ukamning nomida bo’lgan uyimni o’z nomimga o’tkaza olamanmi? Javob: Ukangiz nomidagi uyni o’z nomingizga hadya shartnomasi asosida rasmiylashtirishingiz mumkin. Fuqarolik kodeksining 504-moddasiga ko’ra, […]
Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskadan o’tish tartibi to’g’risidagi yangi qonunga tushuntirish
2011-yil 14-sentabrda “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo’lgan shaxslar – O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalari ro’yxati to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun yuzasidan bizga bir qancha savollar kelib tushdi. Quyida qonundagi ba’zi atama va bandlarga tushuntirish va izoh berib o’tamiz. Izohlar qavs ichida berilmoqda. Toshkent shahri va […]
Toshkentlikka uylansam, doimiy “propiska”ga o’tamanmi?
Savol: Toshkent shahrida doimiy ro’yxatda (propiska) turmaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi Toshkent shahrida doimiy ro’yxatda (propiska) turadigan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan rasmiy nikohdan o’tib, oila qursa, Toshkent shahriga doimiy ro’yxatga kirish masalasi qanday hal qilinadi? Toshkent shahrida doimiy ishlash uchun (davlat organlari yoki boshqa idoralarda) propiska (vaqtinchalik yoki doimiy) shartmi va […]
“Propiska”ni ko’chirish uchun qanday hujjatlar kerak?
Savol: Shahardan kvartira sotib olganman, propiskamni tumandan shaharga ko’chirmoqchiman, buning uchun qanday hujjatlar kerak? Javob: “O’zbekiston Respublikasida Pasport tizimi to’g’risida”gi nizomga asosan doimiy va vaqtincha qayd ettirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy yoki vaqtincha istiqomat joyida quyidagilarni taqdim etadilar: — belgilangan shakldagi ariza; — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti; — tug‘ilganlik […]
O’zbekiston fuqaroligidan voz kechgan odam uni qayta olishi mumkinmi?
Savol: Bir oshnam Rossiya fuqaroligini olgan edi, u yana O’zbekiston fuqaroligini olishi mumkinmi? Javob: “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida” gi qonunning 18-moddasiga ko’ra, ilgari O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan shaxs o‘z iltimosnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklanishi mumkin. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining […]
“Propiska”si yo’qlar Toshkentdan uy olishi mumkinmi?
Izoh: Mavzu bo’yicha qonunchilik o’zgargan. Yangi tartib haqida shu yerda o’qing. Savol: Biz Toshkentdan uy olmoqchimiz, lekin bizni propiskamiz Toshkentda emas, shunday holda biz nima qilsak bo’ladi? Toshkentda propiska bo’lmagan holda Toshkentdan uyni o’z nomiga olishning yo’li bormi? Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-dekabrdagi “Toshkent shahrida uy-joy sotib olishni […]