Tag: nikoh

Ajrashish uchun qayerga qanday murojaat qilish kerak?
Fuqarolik huquqi

Ajrashish uchun qayerga qanday murojaat qilish kerak?

Savol: Men uylanganimga bir yarim yil bo’ldi, o’zim o’qiyman institutda  3-kursda. Yana xarbiy kafedrada ham o’qiyman. Xotinim bilan ajrashyapman,  shu sabab sizdan  nima qilish to’g’risida yordam so’ramoqchi edim. Nima maslahatlar berasiz.  Xotinimga ishonchim yo’qolgan. Javob:   Savolingiz mazmunidan quyidagilar anglashildi: Siz ajrashmoqchisiz, ammo ayolingiz ajrashishni istamaydi. Siz ajrashmoqchisiz, ammo qayerga murojaat […]

Qonuniy nikoh bo’lmaganda aliment qanday to’lanadi?
Fuqarolik va oila huquqi Yuridik klinika

Qonuniy nikoh bo’lmaganda aliment qanday to’lanadi?

Savol: Qonuniy nikoh yo’q, alimentni qanday to’layman? Javob: O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi  64-moddasiga binoan, mazkur Kodeksning 61,62-moddalarida nazarda tutilgan tartibda otalik belgilanganda, o’zaro nikohda bo’lmagan shaxslardan tug’ilgan bolalar ota-onasi va ularning qarindoshlariga nisbatan o’zaro nikohda bo’lgan shaxslardan tug’ilgan bolalar bilan teng huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi. Oila Kodeksining 61-moddasi 1-qismiga […]

Oilani buzuvchiga qonuniy jazo bormi?
Jinoyat va ma'muriy huquq

Oilani buzuvchiga qonuniy jazo bormi?

Savol: Yaqinda singlimni unashtirgan edik. Unashtirishdan oldin bir yigitdan sovchilar kelgandi, singlimning noroziligi tufayli rozi bo’lmagandik. Endi esa u yigit singlim unashtirilgan kuyovga va oila a’zolariga telefon qilib, kurakda turmaydigan gap-so‘zlar, turli xil tuhmatlar va to‘yni qaytarish haqida do‘q-po‘pisa qilyapti. U ham yetmaganday, onamga telefon qilib holi joniga qo‘ymayapti. Aybdorga […]

Qirg’izistonlik qizga qanday uylansam bo’ladi?
Fuqarolik huquqi

Qirg’izistonlik qizga qanday uylansam bo’ladi?

Savol: Men O’zbekiston fuqarosiman. Qirg’izistonlik qizga uylandim. Menga nikoh tuzish tartibi haqida ma’lumot bersangiz. Javob: “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari”ga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi FHDYO organlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el […]

Chet ellik bilan tuzilgan nikohdan qanday ajrashish mumkin?
Fuqarolik huquqi

Chet ellik bilan tuzilgan nikohdan qanday ajrashish mumkin?

Savol: Man chet elda Albaniya mamlakatida turmushga chiqqanman, alban fuqarosiga. O’zbekistonda ularning elchixonasi yoq. Qanday qilib u bilan ajrashsam bo’ladi? Oramizda bitta farzand bor. Hozir man Toshkentdaman. Aytishlaricha, ZAGS bo’yicha men hali turmushga chiqmaganman. Demak, menga ajrashish kerak emasmi, agar yana turmushga chiqmoqchi bo’lsam? Bolamni otasining familiyasidan chiqarsam bo’ladimi? Javob: […]

Nikoh shartnomasi nima?
Fuqarolik huquqi

Nikoh shartnomasi nima?

Tarix fanlari doktori Mirsodiq Ishoqovga ko’ra, mamlakatimizda nikoh shartnomasi hali u qadar ommalashmagan bo’lsa ham, davlatchiligimiz tarixida nikoh munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga oid ko’plab misollarni ko’rish mumkin. Qonunchiligimizda ham nikoh shartnomasi tilga olingan. Mazkur maqolada nikoh shartnomasi nima, qanday tuziladi, uni tuzishda nimalarga e’tibor qaratish kerak kabi masalalarga e’tibor […]

Chet elda nikohdan ajrashish mumkinmi?
Fuqarolik huquqi

Chet elda nikohdan ajrashish mumkinmi?

Savol: Men O’zbekistonda nikohdan o’tganman. Nikohdan keyin erim bilan AQShga keldik. Endi esa ajrashmoqchimiz. Bu yerda turib nikohdan ajrashishimiz mumkinmi? Javob: Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 38-moddasiga ko’ra, nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi. Mazkur Kodeksning 42-moddasiga ko’ra esa, voyaga yetmagan bolalari bo’lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o’zaro rozi bo’lsalar, […]

Nikohni bekor qilish uchun qancha boj to’lanadi?
Fuqarolik huquqi

Nikohni bekor qilish uchun qancha boj to’lanadi?

Savol: Man xotinim bilan ajrashmoqchiman. Sud mendan eng kam ish haqining 100 baravarida boj to’lashimni aytdi. Shu to’g’rimi? Javob: Davlat boji Stavkalarining 1-bandi “v” kichik bandiga ko’ra,  nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan‎            eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida; ‎‎takroriy nikohni bekor qilish haqidagi […]

Nikoh tuzishda shaxsning fuqaroligiga qarab cheklovlar qo’yish mumkinmi?
Fuqarolik huquqi

Nikoh tuzishda shaxsning fuqaroligiga qarab cheklovlar qo’yish mumkinmi?

Savol: Men Andijonda istiqomat qilaman, O’zbekiston Respublikasi fuqarosiman. O’zbek millatiga mansub Qirg’iziston Respublikasi fuqarosiga turmushga  chiqmoqchiman. Nikoh Qirg’iziston Respublikasining Jalolobod shahrida o’qiladi. Ota-onam qarshilik ko’rsatmoqda. Men Qirg’iziston Respublikasi fuqarosiga turmushga chiqish huquqiga egamanmi? Javob: Nikoh tuzish tartibi va shartlari O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 3-bobida belgilab o’tilgan. Oila Kodeksining 13-moddasiga ko’ra, […]

Sudga ariza uchun davlat bojini kim to’laydi?
Fuqarolik huquqi

Sudga ariza uchun davlat bojini kim to’laydi?

Savol: Nikohni bekor qilish uchun sudga ariza berilganda qancha haq tulanadi? Bu sud xarajatini tomonlardan qaysi biri to’lashi kerak? Javob: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual kodeksiga ko’ra, sud xarajatlari davlat boji va ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlardan iboratdir. Sudlarga da’vo arizalari, organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlar, alohida tartibda […]

Nikoh buzilganda meros bo’linadimi?
Fuqarolik huquqi

Nikoh buzilganda meros bo’linadimi?

Savol: Er-xotin ajrashmoqchi bo’lsa, xotin erning vafot etib ketgan ota yoki onasining nomidan o’gilning nomiga o’tgan uy-joy va moshinaga da’vo qilishi mumkinmi? Javob: Oila kodeksiga ko’ra, nikohdan ajratishda er-xotinning umumiy mulki bo’linadi. Kodeksning 25-moddasiga ko’ra, er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida […]