Bir qarashda Kattaqoʻrgʻonda sodir boʻlgan hodisa paysalga solinmasdan, javobgarlarga nisbatan qisqa vaqt ichida qonunda belgilangan choralar koʻrilishi kerak edi. Amalda unday boʻlmadi: Sanʼat Umarov sodir etgan qilmish ijtimoiy tarmoqlarda #QadrimniToptama heshtegi bilan keng tarqalib, millionlab kishining gʻazabiga sabab boʻlganidan keyingina hibsga olindi. Tahqirlangan ayol hodisa haqida ariza topshirganiga qariyb 45 […]