© Photo Kazis Toguzbaev (RFE/RL) Savol: Yaqinda odamlar orasida chet elga chiqib ketgan va 5 yil davomida O’zbekistonga biror marta kelmagan odamlarning fuqaroliklari olib qo’yilarmish degan gap tarqaldi. Albatta, bu gaplar asossiz mish-mish bo’lsa kerak deb o’ylayman. Lekin umuman olganda, uzoq vaqt chet elda yurgan fuqarolar uchun biror xavf bormi? […]
Tag: fuqaro
Mahbusning pasportini almashtirish mumkinmi?
Savol: Qamoqdagi odamning muddati o’tib ketgan pasportini yangilash mumkinmi? Buning uchun nima qilishimiz kerak? Javob: “O’zbekiston Respublikasida passport tizimi to’g’risida”gi nizomga ko’ra, qamoqqa olingan, shuningdek, ozodlikdan mahrum etilgan, qamoq jazosiga mahkum etilgan shaxslar pasporti surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan olib qo‘yiladi. Qamoqdan ozod qilingandan yoki jazoni o‘tab bo‘lganidan […]
OVIR haqida qisqa savol-javoblar
Savol: Chet elda ishlayotgan kishi OVIRi tugagach O’zbekistonga borsa, qayta OVIR olish uchun nima qilishi lozim? Agar oldin turist sifatida olgan bo’lsa, endi chetda ishlayotgan shaxs sifatida qanday OVIR olish mumkin? Javob: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi Tartibiga ko’ra, O’zbekistonga borgach, doimiy yashab turgan viloyatingizdagi Ichki […]
Nikoh tuzishda shaxsning fuqaroligiga qarab cheklovlar qo’yish mumkinmi?
Savol: Men Andijonda istiqomat qilaman, O’zbekiston Respublikasi fuqarosiman. O’zbek millatiga mansub Qirg’iziston Respublikasi fuqarosiga turmushga chiqmoqchiman. Nikoh Qirg’iziston Respublikasining Jalolobod shahrida o’qiladi. Ota-onam qarshilik ko’rsatmoqda. Men Qirg’iziston Respublikasi fuqarosiga turmushga chiqish huquqiga egamanmi? Javob: Nikoh tuzish tartibi va shartlari O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 3-bobida belgilab o’tilgan. Oila Kodeksining 13-moddasiga ko’ra, […]
Turli millatli ota-onaning farzandi millatini tanlash huquqiga egami?
Savol: O’g’lim O’zbekistonda tug’ilgan. Men, ya’ni onasi o’zbekman, otasi tojik millatiga mansub. Bu yil o’g’lim 16 yoshga to’ladi. O’g’lim biometrik pasport olayotgan vaqtida o’zbek millatini tanlash huquqiga egami? Men otasi bilan qonuniy ajrashganman. Otasi tomonidan o’zbek millatini olish uchun ruxsat kerak bo’ladimi? Javob: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 […]
Sud majlisida xolis fuqaro sifatida ishtirok etsam bo’ladimi?
Savol: Yoshim 24 da. Huquqshunoslikka juda ham qiziqaman. Shu sababli o’zim yashab turgan tuman sudida xolis fuqaro sifatida qatnashishim mumkinmi? Javob: O’zbekiston Respublikasida sudlar oshkoralik tamoyiliga asoslanib faoliyat oboradi. Sodda qilib aytganda, ishlar ochiq sud majlisida ko’rib chiqiladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-Protsessual Kodeksining 19-moddasiga ko’ra, sudda jinoyat ishlari oshkora ko’riladi […]
O’zbekiston fuqaroligidan qanday chiqish mumkin?
Savol: Men AQShda ko’p yillardan beri yashayman. Doimiy yashash huquqini (Green Card) qo’lga kiritganman. Yaqinda AQSH fuqaroligini olmoqchiman. O’zbekiston fuqaroligidan chiqishim uchun nima qilishim kerak? Javob: “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to’rt holatda amalga oshadi: 1) Fuqarolikdan chiqishni so’rab yozilgan arizalarning qondirilishi oqibatida; 2) Fuqarolikdan […]
O’zbekiston fuqaroligini qanday olish mumkin?
Savol: Qirg’iziston fuqarosi bo’lgan qo’shnim 10 yildan beri O’zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiladi. Hozirgacha O’zbekiston fuqaroligini ololmayapti. Buning uchun qayerga va qay tarzda murojaat etish kerak? Javob: “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi qonunining 17-moddasiga ko’ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar o’z iltimosnomalariga ko’ra, kelib chiqishidan, irqi va millatidan, jinsi, […]
O’zimga ishonchli vakil tayin etishim mumkinmi?
Savol: Men ko‘p yillardan beri nogironman. Yaqinda opam dunyodan o‘tdi. U uyini menga vasiyat qilib qoldirgan. Men yura olmayman. Qanday yo‘l tutganim ma’qul? Javob: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik qonun hujjatlari hamda notarius to’g’risidagi qonun hujjatlariga asosan siz uchun ikkita yo‘l bor. Birinchisi, notariusni uyga chaqirtirib, uy hujjatlarini rasmiylashtirishingiz mumkin. Yana bir […]
O’zbekiston fuqaroligidan voz kechgan odam uni qayta olishi mumkinmi?
Savol: Bir oshnam Rossiya fuqaroligini olgan edi, u yana O’zbekiston fuqaroligini olishi mumkinmi? Javob: “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida” gi qonunning 18-moddasiga ko’ra, ilgari O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan shaxs o‘z iltimosnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklanishi mumkin. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining […]
Xorijdan turib pasportni almashtirish mumkinmi?
Savol: Chet eldagi fuqorolar elchixona orqali pasport almashtirishi mumkinmi? Ko’p hollarda elchixona o’sha fuqoroni o’zi O’zbekistonga borib almashtirishini aytmoqda, fuqoroning chet eldan turib elchixona orqali pasport almashtirish huquqi bormi? Javob: “Xorijdagi O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga pasport berish va almashtirish Tartibi” ga ko’ra, xorijda […]
Qanday qilib O’zbekiston fuqaroligini olish mumkin?
Savol: O’shlik tanishim O’zbekiston fuqaroligini olish niyatida ekanligini bildirdi. Qanday organlarga murojaat qilishi kerakligini va qanday hujjatlar zarurligini bilmoqchi. Shu haqda batafsil ma’lumot bersangiz. Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi Farmoniga binoan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida” Nizomda xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning […]