Saytimizda yana bir muhim yangilikka qo’l urildi. Shu kungacha yuristlarimiz javob bergan barcha huquqiy savollarni jamlab, alohida “Savol-javoblar to’plami” tashkil etdik. Maqsadimiz – saytimizga huquqiy ma’lumot izlab kiruvchi o’quvchilarimiz uchun ma’lumot topish jarayonini osonlashtirish.
Endi siz “Savol-javoblar to’plami” sahifasiga kirib, o’zingizni qiziqtirgan huquqiy masalaning javobini mavzular bo’yicha tashkil etilgan ichki bo’limlar orqali qidirib topishingiz mumkin. Masalan, xorijga chiqish uchun kerak bo’ladigan “OVIR” vizasi haqida ma’lumot kerak bo’lsa, shu mavzuda tashkil etilgan “OVIR” nomli yozuv ustiga bossangiz, “OVIR” haqida saytda chop etilgan barcha savol-javoblar ekranda paydo bo’ladi. Ular orasidan aynan sizning savolingizga javob beruvchi maqolani tanlab, o’qib chiqishingiz mumkin. Shuningdek, bu sahifadagi “Qidiruv” xizmati orqali ham savollar orasidan sizga kerakli so’z yoki mavzuni izlab topishingiz mumkin.
Agar savolingizning javobi hech bir bo’limdan topilmasa, demak, u haqda hali bizga savol kelib tushmagan. Bunday savolingizni “Yuristga savol bering” sahifasi orqali bizga yuborishingiz mumkin.
Umid qilamizki, yangi tashkil etilgan sahifa saytimizdan yuridik ma’lumotlarni topish jarayonini osonlashtiradi. Shuningdek, bizga bir xil savollar qayta-qayta kelishining oldi olinadi.
Sahifa o’quvchilarimizdan kelgan yangi savollarga berilgan yangi javoblar bilan boyitib boriladi. Agar sahifa sizda ochilmasa, bu haqda bizga xabar bering.
So’nggi savol-javoblardan bexabar qolmaslik uchun quyidagi forma orqali yangiliklarimizga obuna bo’ling.
5 Comments