Saytimizning “Yuridik klinika” bo’limi fuqarolardan tushadigan yuridik savollarga javob berish niyatida ochilgan. O’quvchilarimiz “Yuristga savol bering” bo’limi orqali orqali o’zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar bo’yicha bizga savol yo’llashlari mumkin.
Savollarga javoblarni oliy ma’lumotli huquqshunoslar beradi. Javoblar amaldagi qununchilik hujjatlariga asoslanadi hamda ularda foydalanilgan tegishli qonun yoki huquqiy hujjatning nomi, moddasi va bandlari ko’rsatiladi. Qonun yoki huquqiy hujjatning qabul qilingan sanasi va tartib raqami keltirilmaydi. O’quvchi tegishli qonun hujjati va uning moddalari bilan tanishib chiqishi uchun qonun hujjatining asl matniga link beriladi.
Bizga savol yo’llashdan oldin “Savol-javoblar to’plami” bo’limiga kirib oldingi savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqishingizni iltimos qilamiz. Ilgari javob berilgan mavzular haqida tushgan savollarga, ular bir-biriga o’xshash bo’lgan taqdirda, qayta javob berilmaydi. Agar savolingizga berilgan javobni elektron manzilingizga ham yuborishimizni istasangiz, bu haqda savolingizdan so’ng eslatma yozib qoldirishingizni tavsiya qilamiz. Barcha elektron manzillar sir saqlanishi kafolatlanadi.
Bizga huquqiy savol yuborayotgan har bir shaxs quyidagi qoidalarni to’liq o’qib chiqqan, tushungan va qabul qilgan, deb hisoblanadi:
- “Yuristga savol bering” bo’limi orqali faqat huquqiy savollar berilishi mumkin;
- Faqat jismoniy shaxslardan kelgan savollarga javob beriladi.
- Savol matni huquqshunos tomonidan tahrir qilinishi yoki to’ldirilishi mumkin;
- Kelib tushayotgan savollarga huquqshunoslar ko’ngilli va ixtiyoriy ravishda javob berayotgani uchun ular har bir savolga javob berish majburiyatini olmaydi;
- Savollarga javob berish huquqshunoslarning ixtisosligiga, tegishli huquqiy masala bo’yicha mutaxassisning topilishiga va boshqa faktorlarga bog’liq. Ba’zi huquqiy savollarga javob berilmasligi mumkin. Buning sabablari haqida izoh berilmaydi;
- Savollarga berilgan javoblar imkon qadar sifatli va yuqori saviyada bo’lishiga harakat qilinsa ham, javoblarning sifati, saviyasi va haqiqatga mos kelishi kafolatlanmaydi;
- Saytimizda berilgan javoblar norasmiy huquqiy maslahat hisoblanadi. O’quvchilarimiz malakali huquqiy maslahat uchun advokatga murojaat qilishlari tavsiya etiladi;
- Xato javoblardan kelib chiqishi mumkin bo’lgan barcha oqibatlar uchun savolga javob bergan huquqshunos javobgar tutilishi mumkin emas. Saytimizdagi javoblar sababli zarar ko’rgan shaxslar savolga javob bergan huquqshunosga qarshi da’vo qo’zg’ashi mumkin emas;
- Mazkur qoidalarni sharhlash va izohlash “Tashabbus”ning mutlaq vakolatiga kiradi.
© 2010 – 2013 Tashabbus