Savol: Men Rossiyada meditsina sohasida tahsil olaman. Bu yerda oladigan diplomim bilan O’zbekistonda ishlashim mumkinmi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi “Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 283-sonli qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga ko’ra, xorijda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjat tan olinishi uchun ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni bergan ta’lim muassasasi o‘zi joylashgan davlatning vakolatli organlari tomonidan tan olingan bo‘lishi; ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilgan davlatda tan olingan bo‘lishi; ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning tan olinishi O‘zbekiston Respublikasi bilan davlatlararo bitimlarda ko‘zda tutilgan (kooperatsiya usuli yoki maqsadli o‘qitish yo‘li bilan olingan ta’lim bundan mustasno) bo‘lishi zarur.
Davlat Test Markazi ma’lumotiga ko’ra, agar xorijiy davlatlarda professional ma’lumot to‘g‘risida hujjat beradigan ta’limning umumiy me’yoriy davri (to‘liq o‘rta ma’lumot olingandan keyin) O‘zbekiston Respublikasi ta’lim standartlarida nazarda tutilgan davrdan bir yilga kam bo‘lsa yoki ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilgan mamlakatda uning egasiga O‘zbekistondagiga qaraganda kam akademik va (yoki) professional huquqlar berilgan bo‘lsa (masalan, hujjat egasi oliy o‘quv yurtlariga, magistratura yoki doktoranturaga kirish, professional faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo’lmasa) yoki ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilmagan ta’lim shaklida olingan bo‘lsa, ta’lim hujjati O’zbekistonda qabul qilinmasligi mumkin.
Bundan boshqa holatlarda xorijda, xususan, Rossiyada qabul qilingan ta’lim diplomlari, O’zbekistonda nostrifikatsiyadan o’tkazilgach, haqiqiy deb topiladi va ulardan O’zbekistonda foydalanish mumkin. Xorijda olingan diplomlarni nostrifikatsiyadan o’tkazish tartibi haqida quyidagi maqoladan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin:
Xorijda olingan diplom qanday nostrifikatsiya qilinadi?
Saqlab oling: Nostrifikatsiyadan o’tkazish uchun topshiriladigan ariza blankasi
3 Comments