Qoidalar

Mualliflik huquqi

Veb-sahifamizda chop etilgan materiallar mualliflik huquqi bilan himoyalangan.

“Tashabbus”ga chop etilishi uchun topshirilgan maqolalarning mualliflik huquqi maqola mualliflariga tegishli. “Tashabbus” maqolalarni mualliflarning ruxsati bilan chop etadi.

“Tashabbus” yoki material muallifidan oldindan yozma rozilik olmasdan veb-sahifamizdagi materiallarni butunlay yoki qisman bosib chiqarish, ko’paytirish, tarjima qilish yoki ulardan boshqacha usul va ko’rinishda foydalanish taqiqlanadi.

Veb-sahifamizda chop etilgan rasmiy hujjatlar, xalq ijodiyoti asarlari va oddiy axborot tusidagi kundalik yangiliklar va voqealar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi.

Faoliyatimiz haqida takliflar

“Tashabbus” faoliyatini yaxshilashga doir takliflaringiz biz uchun juda muhim. Har bir taklif va/yoki tanqidiy fikr “Tashabbus” tomonidan e’tiborga olinib, sinchkovlik bilan o’rganib chiqiladi va imkoniyat doirasida ulardan foydalaniladi.

Materiallar haqida fikr-mulohaza qoldirish

Veb-sahifamizda chop etilgan har bir material so’ngida o’quvchi o’z fikr-mulohazasini qoldirishi mumkin. Maqsadimiz ma’lumot berib borish bilan birgalikda, o’quvchilarimiz o’rtasida o’ziga xos konstruktiv fikr-almashinuv maydonini yaratishdir. Shuning uchun o’quvchilarimizni chop etilgan materiallar yuzasidan fikr-mulohaza bildirishga chaqiramiz. Fikr-mulohazalar quyidagi xarakterga ega bo’lishi tavsiya etiladi:

–          Material yuzasidan qo’shimcha ma’lumot;

–          Materialda ko’zdan qochirilgan ma’lumot;

–          Materialda turli xarakterga ega bo’lgan xato va kamchiliklar;

–          Materialda e’tiborga olinmagan nuqtai nazar.

Saytimizda material muallifiga yoki o’quvchilarga hurmatsizlik ko’rsatilgan yoki haqoratomuz fikr-mulohazalarni yozish taqiqlanadi va bunday yozuvlar “Tashabbus” tomonidan darhol o’chiriladi.

© 2010 – 2015 Tashabbus