Fuqarolik huquqi

“Propiska”si yo’qlar Toshkentdan uy olishi mumkinmi?

Izoh: Mavzu bo’yicha qonunchilik o’zgargan. Yangi tartib haqida shu yerda o’qing.

Savol: Biz Toshkentdan uy olmoqchimiz, lekin bizni propiskamiz Toshkentda emas, shunday holda biz nima qilsak bo’ladi? Toshkentda propiska bo’lmagan holda Toshkentdan uyni o’z nomiga olishning yo’li bormi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-dekabrdagi “Toshkent shahrida uy-joy sotib olishni tartibga solishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar tog’risida”gi qarori hamda 1999-yil 27-fevraldagi “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasida uy-joy sotib olinishini hamda doimiy yashash uchun Toshkent shahriga kelishni tartibga solish to’g’risida”gi 92-sonli qarorining 2-bandiga ko’ra, xorijiy fuqarolarni, shu jumladan, MDH qatnashchilari bo’lgan davlatlar fuqarolarini, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni va respublikaning boshqa mintaqalaridan kelayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro’yxatdan o’tkazish Ro’yxatdan o’tkazish masalalari bo’yicha maxsus komissiyaning asoslangan xulolasi asosida amalga oshiriladi.

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi maxsus komissiya respublikaning boshqa mintaqalaridan keladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish masalalarini ham hal etadi, uy-joy sotib olishni xohlovchi fuqarolarga ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorning bir nusxasini beradi.

O’zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalari aholisi uy-joy sotib olayotgan tomon hisoblangan taqdirda uy-joyni sotib olish, ayirboshlash, hadya qilish yoki garovga qo’yish haqidagi bitimlarni notarial tasdiqlash va keyinchalik ularni “Yergeodezkadastr” davlat qo’mitasi organlarida davlat ro’yxatidan o’tkazish faqat Maxsus komissiyaning Toshkent shahrida ro’yxatdan o’tishga ruxsat berish to’g’risidagi qarori taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.

Demak, yuqorida keltirilgan qarorning 2-bandi 1-qismiga binoan O’zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida, ya’ni boshqa viloyatlarida doimiy yashovchi fuqaro Toshkent shahrida doimiy ro’yxatdan o’tishi uchun Ro’yxatdan o’tkazish komissiyasining asoslangan qarori mavjud bo’lishi talab qilinadi. Bunday komissiyalar Toshkent shahar hokimligi huzurida tashkil etiladi. Yuqorida keltirilgan 92-sonli qarorning 2-qismida esa, O’zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalari aholisi Toshkent shahridan uy-joy sotib olishi va ushbu bandda ko’rsatilgan yana boshqa harakatlarni amalga oshirishi uchun Toshkent shahrida doimiy ro’yxatdan o’tganligi to’g’risidagi qaror mavjud bo’lgan hollardagina yo’l qo’yilishi belgilab qo’yilgan.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrug’iga ilova “Notariuslar tomonidan notarial harakaltlarni amalga oshirish tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnomaning 58-bandiga ko’ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib oluvchi O’zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolari bo’lganda uy, kavartira, uy yoki kvartiraning bir qismini sotib olish, ayirboshlash, hadya qilish yoki garovga qo’yish bitimlarini notarial tasdiqlash va keyinchalik ularni “Yergeodezkadastr”davlat qo’mitasi hududiy bo’linmasida davlat ro’yxatidan o’tkazish faqat Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi Maxsus komissiyaning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ro’yxatdan o’tishga ruxsat berish, uy kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish to’g’risidagi qarori taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi. Mazkur Yo’riqnomada ham Vazirlar Mahkamasinig 92-sonli qarori, 2-bandida belgilangan qoidalar asos qilib olingan. Ya’ni Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududidan uy-joy sotib olmoqchi bo’layotgan O’zbekiston Respublikasinig boshqa mintaqalari aholisi, ushbu uy-joyni oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlatishlariga Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi Maxsus komissiyaning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ro’yxatdan o’tishga ruxsat berish, uy kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish to’g’risidagi qarori bo’lgan taqdirdagina yo’l qo’yiladi.

Yuqorida keltirib o’tilgan huquqiy hujjatlar asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin: Toshkent shahrida doimiy ro’yxatda bo’lmagan (propiska) O’zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalari aholisi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududiddan o’z nomlariga uy-joy sotib ololmaydilar.

Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hokimligiga Toshkent shahri yoki viloyatida doimiy ro’yxatdan o’tishni so’rab ariza bilan murojaat qilib, ushbu hokimliklar sizning arizangizni qanoatlantirsalar, unda siz Tohkent shahri va Toshkent viloyati hududidan uy-joy sotib olishingiz mumkin bo’ladi.

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-son qaroriga 1-ilova sifatida qabul qilingan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi xorijiy fuqarolarga, shu jumladan, MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash uchun ruxsatnomalar berish, shuningdek, ularni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus komissiyalar to‘g‘risida” Na’munaviy Nizomga ko’ra, Toshkent shahrida doimiy ro’yxatdan o’tkazish uchun respublikaning boshqa mintaqalaridan doimiy yashash uchun Toshkent shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Maxsus komissiyaga bevosita quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

belgilangan namunadagi ariza;

pasport yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnoma;

uyida arizachi yashamoqchi bo‘layotgan qarindoshlar yoki tanishlarning unga turar joy berishi to‘g‘risidagi notarial tasdiqlangan arizasi.

Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni bir hafta muddatda ko‘rib chiqadi hamda tegishli xulosa chiqaradi. Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani hal etishda Komissiya kelgan fuqarolarni uy-joy, ish va ijtimoiy kafolatlar bilan ta’minlash imkoniyatini hisobga oladi. Komissiya xulosasi ijro etish uchun tuman ichki ishlar bo‘limi (boshqarmasiga) jo‘natiladi.

5 Comments