Fuqarolik huquqi

“Propiska”ni ko’chirish uchun qanday hujjatlar kerak?

Savol: Shahardan kvartira sotib olganman, propiskamni tumandan shaharga ko’chirmoqchiman, buning uchun qanday hujjatlar kerak?

Javob: “O’zbekiston Respublikasida Pasport tizimi to’g’risida”gi nizomga asosan doimiy va vaqtincha qayd ettirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy yoki vaqtincha istiqomat joyida quyidagilarni taqdim etadilar:

— belgilangan shakldagi ariza;

— O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;

— tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma — 16 yoshga to‘lmagan, ota-onalaridan (vasiylar va homiylardan) alohida yashovchi shaxslar uchun;

— harbiy bilet yoki shaxsiy guvohnoma — kazarmalardan, kemalardan tashqarida yashovchi harbiy xizmatchilar uchun;

— davlat poshlinasi to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitantsiya.

16 yoshga to‘lmagan, ota-onalari (vasiylari, homiylari) bilan birga yashaydigan bolalarni qayd etish tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar bo‘yicha, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uy daftarlariga (qayd etish varaqchalariga) kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, turar joyni sotib olish haqidagi shartnomani ham ilova qilish tavsiya qilinadi.

3 Comments