Dolzarb mavzu, Konstitutsiyaviy huquq

Prezident o’z vazifasini bajara olmay qolganda qonunga ko’ra qanday yo’l tutilishi lozim?

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.
Demak, Prezidentning vazifa va vakolatlari vaqtinchalik Senat Raisiga o’tadi va uch oy ichida prezidentlik saylovi bo’lib o’tishi lozim.
“Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi qonunning 5-moddasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov yuzasidan saylov kompaniyasi boshlanganligini Markaziy saylov komissiyasi e’lon qiladi. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saytlovi to’g’risida”gi qonunning 24-moddasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadirlar.
Shuningdek, Konstitutsiyaning 90-moddasi 1-bandiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saytlovi to’g’risida”gi qonunning 1-moddasiga ko’ra esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti besh yil muddatga saylanadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rasmiy veb sahifasiga ko’ra (2016-yil 3-sentabrda tekshirildi), Oliy Majlis Senati Raisi Yo’ldoshev Nig’matilla To’lqinovichdir. 

Comments are closed.