Savol: Opam 1960-yilda tug’ulgan. 1978 – 1988 yillarda davlat ishxonasida ishlagan. Hozir 5 nafar bolaning onasi sifatida, qarilik pensiyasiga chiqishi mumkinmi?
Javob: O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonuniga ko’ra, yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar:
a) faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa.
1965 yildan keyingi davr uchun jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa xo‘jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi.
Ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul xodimlarning ish stajini, basharti ular O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari ana shu muallifning asari e’lon qilingan yoki birinchi marta jamoat oldida ijro yoki namoyish etilgan kundan e’tiboran belgilaydilar;
b) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;
v) idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va tog‘-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;
g) yakka tartibdagi mehnat faoliyati, shu jumladan yakka (guruhli) ijara sharoitidagi yoki shaxsiy yordamchi, dehqon (fermer) xo‘jaligidagi faoliyat — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda,
yuroqida nazarda tutilgan ish joylarida kamida 5 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyalar eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Demak, opangiz 10 yil davlat ishxonasida mehnat qilish mobaynida Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lab borgan bo’lsa, 52 yoshida pensiyaga chiqishi mumkin.
One Comment