Mehnat va jtimoiy ta'minot

Pensionerni ishdan bo’shatish mumkinmi?

Savol: Onam o’rta umumta’lim maktabda direktor o’rinbosari bo’lib ishlaydi, ma’lumoti oliy, maktab bo’yicha yagona 1-toifali o’qituvchi. Ammo hamkasabalari uni siz pensionersiz, ishlashingiz “mumkin emas” deb qo’ymayapti. Onam ularga nisbatan jismonan ham, aqlan ancha ustun, malakali o’qituvchi. Men 2010-yilning 23-dekabrida matbuotda e’lon qilingan O’RQ-272-qonunida pensiya yoshidagi xodimlar uchun imkoniyatlar yaratish, ularni qo’llab-quvvatlash uchun qonunga kiritilgan o’gartirish va qo’shimchalar ana shunday ezgu maqsad uchun yo’naltirilganligini tushuntirishga harakat qilsamda, qarshilik ko’rsatishmoqda. Axir Qonunda pensionerning asossiz bo’shatilishi noqonuniy ekanligini tushunishni hohlashmayapti. Ularning esa onamni bo’shashi uchun hech qanday qonun asoslari yo’q, ko’rsatisholmayapti. Hurmatli qonun himoyachilari, bu masala bo’yicha o’zingizning yuridik maslahatingizni bizga yo’llang.

Javob: 2010-yil 22-dekabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga hamda O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida 271-son O’zbekiston Respublikasi qonunining  2-modda 1-qismiga ko’ra, Mehnat kodeksining 100-moddasining 2-qismiga yangi 7-band sifatida kiritilgan qo’shimcha “xodimning pensiya yoshiga to’lganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo’lganda” ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.

Demak,  xodim pensiya yoshiga to’lganda, yoshga doir pensiya olish huquqi mavjud bo’lganda ish beruvchi o’z tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilishi mumkin. Onangiz pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan maktab ma’muriyati (ish beruvchi) onangizni 1-toifali o’qtuvchi bo’lishiga qaramasdan, ishdan bo’shatishga haqli.

9 Comments