Fuqarolik huquqi, Jinoyat va ma'muriy huquq, Video

Majburiy paxta terimi tufayli yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish tartibi (Video)

Amaldagi qonunchilikda huquqbuzarlik tufayli etkazilgan mulkiy va nomulkiy zararni qoplash huquqi mavjud. Etkazilgan zarar moddiy yoki ma’naviy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.

Jinoyat Protsessual Kodeksining 275-moddasiga ko‘ra, bevosita jinoyat tufayli fuqarolarga etkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, shuningdek, jabrlanuvchini dafn etish yoki uning statsionarda davolanish xarajatlarini hamda sug‘urta tariqasida unga to‘langan pul, nafaqa yoki pensiya pulini undirish to‘g‘risidagi fuqaroviy da’volar jinoyat protsessida ko‘riladi. Agar jinoyat protsessida fuqaroviy da’volar, masalan, moddiy yoki ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’volar ko‘rilmay qolib ketgan yoki da’vogar zararni qoplashni so‘ramagan bo‘lsa hamda jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, alohida fuqarolik sudlariga moddiy yoki ma’naviy zararni undirishni so‘rab da’vo arizasi bilan murojaat qilish mumkin.

Fuqarolik Kodeksining 1021-moddasiga binoan, ma’naviy zarar etkazganlik uchun javobgarlikning kelib chiqishiga asos bo‘luvchi shartlardan biri zarar etkazuvchining aybi hisoblanadi. Demak, ma’naviy zarar qoplanishini talab qilish uchun kishiga nisbatan g‘ayriqonuniy harakat yoki harakatsizlik sodir etilgan bo‘lishi kerak. Bunday g‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) kishi hayoti, sog‘lig‘i, qadr-qimmati, shaxsiy hayotining daxlsizligi, mulk huquqi kabi manfaatlardan bittasi yoki bir nechtasiga qarshi qaratilgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, ma’naviy zarar quyidagi holatlarda ham etkazilishi mumkin: yaqin qarindoshni yo‘qotish sababli ma’naviy qayg‘urish (masalan, yuqorida so‘z ketgan paxta dalasida vafot etgan bola ota-onasining qayg‘urishi), ijtimoiy hayotdagi faolligini davom ettira olmaslik (masalan, jabrlanuvchi paxta dalasida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotsa yoki boshqa turdagi nogironlikka uchrasa), ishini yo‘qotish, ma’lum bir huquqdan mahrum bo‘lish, sog‘liqqa etkazilgan ziyon va hkz).

 

 

Bu mavzudagi batafsil maqola matnini shu yerda ham o’qishingiz mumkin: Нохуш воқеалардан азият чекканлар моддий ва маънавий зарарни қандай ундириши мумкин?

Comments are closed.