O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va boshqa qator qonunlarga ko’ra majburiy mehnat taqiqlanadi. Mehnatga majburlaganlar tegishli ma’muriy, jinoiy va fuqaroviy javobarlikka tortilishi belgilangan.
Shuningdek, bolalar o’z xohishlariga ko’ra ham paxtani qo’lda terish ishlariga jalb qilinishi mumkin emas.
Shaxsning o’z xohish va irodasiga ko’ra emas, balki tahdid va po’pisa ostida yozilgan kafolat xatlari, mehnat shartnomalari kabi hujjatlar qonuniy kuchga ega emas.
Mazkur videoda shu mavzuda ma’lumot olasiz.