Fuqarolik huquqi

O’zimga ishonchli vakil tayin etishim mumkinmi?

Savol: Men ko‘p yillardan beri nogironman. Yaqinda opam dunyodan o‘tdi. U uyini menga vasiyat qilib qoldirgan. Men yura olmayman. Qanday yo‘l tutganim ma’qul?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik qonun hujjatlari hamda notarius to’g’risidagi qonun hujjatlariga asosan siz uchun ikkita yo‘l bor. Birinchisi, notariusni uyga chaqirtirib, uy hujjatlarini rasmiylashtirishingiz mumkin. Yana bir yo‘li – ishonchli vakil topishingiz kerak. Ishonchli vakil sizning nomingizdan barcha kerakli hujjatlarni, ma’lumotnomalarni berishga, arizalar bilan murojaat qilishga, sizning nomingizda bo‘lgan hujjatlarni olishga, imzo qo‘yishga, vasiyatnoma ishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha harakatlarni bajarishga haqli bo‘ladi. Mazkur ishonchnomani notarial idorada yoki notariusni chaqirib, xohlagan muddatingizgacha tuzishingiz mumkin. Ishonchli vakil sizning huquqiy manfaatlaringizni himoya qiladi.

Comments are closed.