Savol: O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega rezident shaxslar o’zlari bilan chet eldan qancha miqdorgacha chet el valyutasini naqd ko’rinishda respublika ichkarisiga olib kerish huquqiga ega? Bu valyuta uchun bojxona yoki boshqa soliqlar to’lanadimi?
O’zbekistondan qancha miqdorda valyuta olib chiqib ketish mumkin?
Javob: Jismoniy shaxslarning O’zbekiston Respublikasi hududiga naqd chet el valyutasini olib kirishi cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to’g’risida” gi (yangi tahriri) Qonuni 19-moddasida ko’rsatilib o’tilgan.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslarning naqd xorijiy valyutani olib kelishi va olib chiqib ketishini tartibga solish chora-tardbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan, jismoniy shaxslar, O’zbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti bo’lishidan qat’i nazar, 1998-yil 1-apreldan boshlab bojxona deklaratsiyasini to’ldirish sharti bilan naqd xorijiy valyutani O’zbekistonga erkin olib kelishiga ruxsat beriladi.
Yuqoridagidan ma’lum bo’ladiki, xorij valyutasini olib kirishda hech qanday bojxona soliqlari olinmaydi.
Farmonning 1-bandiga asosan, 1998-yil 1-apreldan boshlab O’zbekiston Respublikasidan tashqariga naqd xorijiy valyuta olib chiqib ketish miqdori rezidentlarga 2000 AQSh dollari qilib belgilangan.
Ko‘rsatilgan miqdordan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib ketishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki xorijiy valyuta bilan operatsiyalarni o‘tkazishga asosiy litsenziyasi bo‘lgan vakolatli banklarning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
3 Comments