Konstitutsiyaviy huquq

O’zbekistonda “homeschooling”, ya’ni bolani uyda mustaqil o’qitishga ruxsat bormi?

Savol: O’zbekistonda “homeschooling”, ya’ni bolani maktabga yubormay, uyda ota-onasi tomonidan ta’lim berishga ruxsat beriladimi?

Javob: Ha, ruxsat beriladi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunining 18-moddasi (Oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish) ga asosan, davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarni oilada o‘qitish va mustaqil ravishda ta’lim olish tegishli ta’lim muassasalarining dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo‘sinda yordam ko‘rsatiladi.

Qonunchilikda oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish borasida qo’shimcha qoida va ko’rsatmalar topilmadi. Demak, ularni Xalq Ta’limi vazirligining mahalliy tuman yoki viloyat bo’limlaridan, agar ularda ma’lumot bo’lmasa, vazirlikning o’zidan olish mumkin.

“Homeschooling”, ya’ni oilada ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olishga O’zbekistonda ruxsat berilganligini inkor qilgan yoki bu haqda ma’lumot berishdan bosh tortgan davlat organi xodimlari “Ta’lim to’g’risida”gi qonuning 34-moddasiga ko’ra jazoga tortiladi. Chunki 34-moddada shunday deyiladi: ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

 

 

2 Comments