Konstitutsiyaviy huquq

Rad etilgan OVIR vizasi ustidan qayerga shikoyat qilish mumkin?

Savol: Kecha shahar OVIRidan stiker olish to‘g‘risidagi arizamga rasman rad javobini oldim. Anketa-ariza sentabrning 28-sida topshirilgan, noyabrning 3-sida yana qayta to‘ldirilgan. Rasmiy javobda shunday yozilgan: “Tekshiruv yakuni bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvar kunidagi 8-sonli qarori 3-bo‘limi talablariga asosan Sizning xorijiy davlatlarga chiqishingiz maqsadga muvofiq emasligi to’g’risida ma’lum qilamiz”.

Sizlardan shu ish yuzasidan maslahat olmoqchi edim. OVIRdagi xodimlar bu qaror ustidan hech qayerga shikoyat qila olmasligim, sudga murojaatlarim ham natija bermasligini aytib, hafsalamni pir qilmoqchi bo‘ldilar.

Iltimos, menga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, nima qilishim lozimligi borasida maslahat bersangiz.

Javob: Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga 1-ilova “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi tartibi” bo’lib, uning III bo’limidan chet elga borish huquqiga qo’yilgan cheklovlar o’rin olgan.

Unga ko’ra, quyidagi sabablar chet elga borish huquqini cheklash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin:

a) agar shaxs davlat siri hisoblangan ma’lumotlardan voqif bo‘lsa yoki uning chet elga borishiga monelik qiluvchi boshqa shartnoma, kontrakt majburiyatlari amalda bo‘lsa — bu holatlarning amal qilishi tugagunga qadar;

b) agar shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar;

v) agar shaxs sudning hukmi bilan alohida xavfli retsidivist deb tan olingan yoki ichki ishlar organlarining ma’muriy nazorati ostida bo‘lsa — sudlanganlik bekor qilinmagun (olib tashlanmagun)ga qadar yoki nazorat qilish to‘xtatilgungacha;

g) agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar bo‘lsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar;

d) agar shaxs o‘zi to‘g‘risida qasddan soxta ma’lumotlarni bergan bo‘lsa;

e) agar sudda shaxsga nisbatan fuqarolik da’vosi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish ko‘rib chiqilgunga qadar;

j) agar shaxs chaqiriq uchastkasida ro‘yxatga olingan va haqiqiy muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi kerak bo‘lsa — haqiqiy muddatli xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi zaxirasidagi xizmatni o‘tagunga qadar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq undan ozod qilingunga qadar;

z) agar shaxsga nisbatan Ichki ishlar vazirligida yoki Tashqi ishlar vazirligida vakolatli organlarning ushbu shaxsning chet elda bo‘lgan vaqtda kelgan mamlakati qonunlarini buzganligi (qonun buzilishlari ro‘yxati tegishli organlar tomonidan belgilanadi) to‘g‘risidagi axboroti, shuningdek, borishi maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatadigan axboroti mavjud bo‘lsa — axborot hisobga olingan kundan boshlab ikki yil o‘tgunga qadar.

Chet elga chiqish huquqini cheklash uchun asoslar ro‘yxatiga kengaytirilgan izoh berilmaydi. 

Chet elga borish huquqi rad etilganda, uning ustidan shikoyat qilish mumkin

Ushbu Tartibning III bo‘limida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha chet elga borishga ruxsat berishning rad etilishi, javob berishning belgilangan muddatdan ortiqcha kechiktirilishi ustidan fuqaro yuqori turuvchi organga shikoyat qilishi mumkin. Agar OVIR vizasini olish uchun topshirilgan ariza viloyat IIBning xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limi tomonidan rad etilgan bo’lsa, ayni idoraning Respublika boshqarmasiga shikoyat qilish mumkin. Shikoyatga bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida javob berilishi kerak. Fuqaro yuqori organ chiqargan qarordan ham norozi bo‘lsa, sudga shikoyat qilishi mumkin.

Mazkur Tartib III bo‘limining yuqorida tilga olingan “a”, “b”, “j” va “z” bandlarida ko‘rsatilgan sabablar bo‘yicha chet elga borish huquqini cheklash haqida chiqarilgan qaror ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas. Lekin o’zingizni mazkur bandlar asosida noto’g’ri malakalangan deb hisoblasangiz, arizangizda shu narsani ko’rsatgan holda shikoyat qilishingiz mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir.

Demak, O’zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish shaxsning konstitutsiyaviy huquqi hisoblanadi. OVIR vizasi uchun arizangizga rad javobi berilganda, yuqoridagi Tartib III bo’limining qaysi bandiga asosan sizga rad javobi berilganligini bilish huquqiga egasiz. Agar sizga berilgan rad javobida bu haqda aytilmagan bo’lsa, rad javobini bergan ichki ishlar xodimlaridan buni so’rab bilishingiz lozim. Yuqorida aytilganidek, OVIR vizasiga arizangiz Tartib  III bo’limining “a”, “b”, “j” va “z” bandlaridan boshqa bandlariga ko’ra rad etilgan bo’lsa, va siz ularni asossiz deb hisoblasangiz, albatta, yuqori turuvchi organ, ya’ni viloyat/respublika Ichki Ishlar boshqarmasi/vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi xorijga chiqish, kelish va fuqarolik boshqarmasi”ga arizangiz rad etilganligi ustidan shikoyat qilishingiz mumkin. Tartibda aytilganidek, ushbu yuqori turuvchi organlar shikoyatingizni bir oydan ko’p bo’lmagan muddatda ko’rib chiqib sizga javob berishi kerak. Yuqori turuvchi organ qaroridan ham nozori bo’lsangiz yoki shikoyatingizni tegishli muddat ichida ko’rib sizga javob berishmasa, ular ustidan sudga shikoyat qilishingiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protesssual kodeksining 145-moddasiga asosan, tashkilotlarga nisbatan ariza ularning organlari joylashgan hududdagi sudga beriladi. Demak, shikoyatingizni siz faoliyatidan norozi bo’lgan organ joylashgan tumandagi fuqarolik sudlariga berishingiz kerak.

Eslatib o’tamiz, shikoyatingizda uni asoslaydigan sabablar va dalillarni keltirishingiz o’zingiz uchun foyda. Shuningdek, har bir shikoyatingizni ikki nusxada yozib, tegishli organga borgach, ular shikoyatingizni qabul qilganligi to’g’risida ikkinchi nusxaga tegishli organning imzo va muhrini qo’ydirib, o’sha kungi sanani ham yozdirib oling. Shikoyatni qabul qilgan organlar tegishli choralar ko’rmasa,  ushbu nuxsa sizning shikoyat qilganligingiz uchun dalil bo’lib xizmat qiladi.

Shuningdek, arizangizga rad javobini Tartibning  III bo’limi “z” bandi bilan asoslashsa, unda siz haqingizda shunday axborot qaysi sanada hisobga olinganligini bilish huquqiga egasiz. Buni rad javobini bergan organ yoki yuqori turuvchi organ yoxud, agar ishingiz sudgacha yetib borsa, suddan bu haqda axborot berishini talab qilishingiz mumkin. “Z” bandga ko’ra, siz haqingizda shunday axborot hisobga olingan sanadan boshlab ikki yil o’tgach, agar boshqa sabablar bo’lmasa,  sizning xorijga chiqish huquqingizni cheklashlari mumkin emas.

6 Comments

  1. Yaxshi maqola ekan, rahmat.

  2. dılnoza boymırzayeva

    SALOM MAN DILNOZAMAN SAVOLIM MAN 2011 YIL AVI VIZASINI OLDIM CHETGA CHIQDIM PCET ELDA PASPORTIM YOQOLDI KONSULSVADAN YORDAMIDA OZBEKISTONGA QAYTIM AVIR VIZASINI VAQTI TUGAMAGANLIGI SABAB YANGI PASPORTIMGA AVIR BERISHLARINI SORAB HUJAT TOPSHIRDIM U YERDA ISHLAGAN HODIMLAR 1 OY SONRA RESPUBLIKA AVIRIGA BORISHIMI AYTISHDI 2 OY QATNADIM AVIR BERSHMADI 4 YOSHLI VOYAGA YETMAGAN OGLIMI HASTA ONAMI BOQUVCHISI MAN BOLGANIM UCHUN MAJBUR OVIRSI TURKIYAGA ISHLAGANI KELDIM ILTMOS MANGA MASLAHAT BERIN NIMA QILISHIM KERE HOZIRGI PAYTA 6 OYLIK PROPISKAM BOR TURKIYADA 6 OYDAN KEYIN VATANGA QAYTSAM NIMA BOLADI NEGA OVIRDA ISHLAGANLA HICH KIMMI TUSHUNGISI KEMIDI ILTIMOS MANGA YOL KORSATIN NIMA QILISHM KIMGA SHIKOYAT QILISHIM KERE

    • Dilnoza, yuqorida aytilganidek, OVIR vizasiga arizangiz Tartib III bo’limining “a”, “b”, “j” va “z” bandlaridan boshqa bandlariga ko’ra rad etilgan bo’lsa, va siz ularni asossiz deb hisoblasangiz, albatta, yuqori turuvchi organ, ya’ni viloyat/respublika Ichki Ishlar boshqarmasi/vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi xorijga chiqish, kelish va fuqarolik boshqarmasi”ga arizangiz rad etilganligi ustidan shikoyat qilishingiz mumkin. Tartibda aytilganidek, ushbu yuqori turuvchi organlar shikoyatingizni bir oydan ko’p bo’lmagan muddatda ko’rib chiqib sizga javob berishi kerak. Yuqori turuvchi organ qaroridan ham nozori bo’lsangiz yoki shikoyatingizni tegishli muddat ichida ko’rib sizga javob berishmasa, ular ustidan sudga shikoyat qilishingiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protesssual kodeksining 145-moddasiga asosan, tashkilotlarga nisbatan ariza ularning organlari joylashgan hududdagi sudga beriladi. Demak, shikoyatingizni siz faoliyatidan norozi bo’lgan organ joylashgan tumandagi fuqarolik sudlariga berishingiz kerak.

  3. Salom man chet Elda yigitim pasportimni varoglarini ertdi lekin xamasi joyida pasport qogozlariyam ovirim butun visamam bor. elchixonaga murojat qilganimda ular pasportimni opqolishdi va ozimiza jonatamiza rvd ga diyishdi lekin qolimga xech qanday qogoz berishmadi pasportimi opqoganligi xaqida. Manga sertifikat berishadigon boldi. Ozimmi pasportim ozimmi yonimda ketishiga va uzbekistonda ozim pasportnie stolga topshirishimga xaqim bormi ?

  4. Dilafruz, sizdan uz pasportizni olib quyiwi mumkin emas agar olib quyilgan taqdirda sizga uzbeksitonga borish uchun malumotnoma yani sizni shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat(Border pass) berishi kk consulstvadan. Manda xam xuddi wu voqea bulgan…. Mani passportim srogi tugaganda man consulstvaga bordim ular mandan 3-4 xajmdagi rasm olib kel deyishdi xayriyat yonimda bor edi berdim kn ular manga uwa chet eldan chiqiw hujjatni (border pass) rasmiylawtirib beriwdi keyin mandan uz passportimni olib qoyishdi va uzimiz uzbekistonga ROVD ga junatamiz deyishdi man bunga kunmadi va iltimos qildim visam borligini va yana shu visa orqali qaytishimni agar visam yuq bulsa yana qaytib uwa davlatga borolmasligimni aytdim. Keyin mandan 100$ berseng xozir olib ketasan deyishdi man qanaqa qilib nima sababdan 100$ beriwimni suradim va uz xuquqlarimni yaxwi biliwimni va mandan uz pasportimni olib quyiw xaqqi yuqligini aytganimdan kn beriwdi. Border pass ni olib srogi utgan pasportim bn uzbekistonga keldim passportni xamma varoqlarini va pasportimni ovirni oliwtirdim. Siz borib ulardan border pass degan hujjat qilib beriwlarini surang aks xolda uzbekistonga qayta olmaysiz kn juda qiyin buladi

  5. salom. men UzR. Qurolli Kuchlarida 2003-2013y shartnoma asosida xizmat qildim va uz arizam bilan bushadim. savolim: nafaqam nima buladi?