Jinoyat va ma'muriy huquq

Oqlov hukmi nima?

Savol: Oqlov hukmi haqida ma’lumot bersangiz.

Javob: Oqlov hukmi jinoyat ishlari bo’yicha sudning chiqargan qonuniy hukmi bo’lib, jinoyat protsessial jarayonida jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning ustidan uning aybsizligi haqidagi hukmdir. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 469-moddasiga ko’ra, oqlov hukmining tavsif qismi quyidagicha:

“Oqlov hukmining tavsif qismida quyidagilar ko‘rsatiladi: sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblovning mohiyati; sud aniqlagan ish holatlari; sudlanuvchining aybsizligi to‘g‘risidagi sud xulosasini tasdiqlovchi dalillar; sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybi bor deb da‘vo qilishga asos bo‘lgan dalillarni sud nima uchun ishonarli emas yoki yetarli emas deb hisoblashi yoki nima uchun sud jinoiy hodisaning o‘zi yuz bermagan yoxud sudlanuvchi sodir etgan qilmishni jinoyat emas deb hisoblashi; fuqaroviy da‘voga oid qarorning asoslari“.

Kodeksning keyingi moddasi talabiga ko’ra, oqlov hukmining qaror qismida quyidagilar ko’rsatilishi shart:

1) sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi;

2) sudlanuvchini jinoyat sodir etilishida aybsiz deb e‘tirof etish va uni oqlash to‘g‘risidagi qaror;

3) sudlanuvchiga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror; basharti ehtiyot chorasi sifatida u qamoqda saqlanayotgan bo‘lsa, oqlangan shaxsni darhol, sud majlisi zalining o‘zida ozod qilish to‘g‘risidagi qaror;

4) qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da‘voni qanoatlantirish rad etilgan bo‘lsa, da‘voni ta‘minlash uchun ko‘rilgan choralarni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror;

6) oqlangan shaxsning unga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash hamda ma‘naviy va boshqa ziyon oqibatlarini ushbu Kodeksning 304 — 313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda bartaraf qilish huquqini e‘tirof etish.

Kodeksga binoan, ayblov hukmining ham, oqlov hukmining ham qaror qismi, Jinoyat Protsessual Kodeksning 468 va 470-moddalarida ko‘rsatilgan masalalardan tashqari, quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

1) qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da‘vo yoki sudning tashabbusi bilan ziyonni qoplash to‘g‘risida ushbu Kodeksning 283 — 289-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror;

2) ashyoviy dalillar hamda ishga ilova qilingan boshqa narsalar va hujjatlar to‘g‘risida ushbu Kodeksning 289-moddasiga muvofiq qabul qilingan qaror;

3) protsessual chiqimlar to‘g‘risida ushbu Kodeksning 320-moddasiga muvofiq qabul qilingan qaror;

4) hukm ustidan ushbu Kodeksning tegishlicha 497-3, 497-4, 499 va 500-moddalarida nazarda tutilgan apellyatsiya va kassatsiya shikoyati berish, protest bildirish tartibi, muddatlari.

Jinoyat kodeksining 77-moddasiga asosan oqlov hukmi chiqarilgan shaxs sudlangan hisoblanmaydi.

Comments are closed.