Savol: Maktabda 1981-yildan beri o`qituvchi bo`lib ishlayman. 2011-yildan boshlab o`qituvchilardan 55 yoshda imtiyozli ravishda pensiyaga chiqish huquqi bekor qilinarkan degan gap to`g`rimi ?
Javob: O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonunining 12-moddasi “k” bandiga ko’ra, o’qituvchi va boshqa maorif xodimlari maxsus ish staji kamida 25 yil bo’lgan taqdirda umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega edi.
2010-yil 22-dekabrda O’RQ-272-son “O’zbekiston Respublikasining ‘Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida’gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga hamda O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida” qonun qabul qilinib, unga ko’ra “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonunining 12-moddasi “k” bandi quyidagicha tahrirda bayon etildi:
“k) nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, «Mehribonlik» uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari — maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VII qism);”.
Qonunga kiritilgan mazkur o’zgartirishga binoan endilikda barcha o’qituvchilar va maorif xodimlari emas, balki nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o’qituvchilarigina umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega.
Endilikda siz yangi kiritlgan o’zgartirishdagi belgilab o’tilgan muassasalardan boshqa ta’lim muassasalarida o’qituvchi bo’lib ishlagan bo’lsangiz, imtiyozli ravishda pensiya olish huquqiga ega emassiz. Mazkur qonun 2010-yil 22-dekabrda qabul qilingan va 2010-yil 23-dekabrdan kuchga kirgan.
One Comment