Mehnat va jtimoiy ta'minot

Nogironlik yillari mehnat stajiga qo’shiladimi?

© Photo Must University

Savol: Amakim 1976 – 1986-yillar 2-guruh nogironi bo’lib nafaqa olgan. 1987-yil sog’ligi tiklanib, nafaqa to’xtatilgan.17 yillik ish stajga ega. Nogironlik yillari ish stajiga kiradimi?

Javob: Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizomning III-bo’limi “Pensiyalar tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqish” haqida. Mazkur bo’limning 37-bandiga binoan, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida I va II guruh nogironlikda bo‘lish vaqti yoshga doir pensiyasini tayinlashda stajga qo‘shib hisoblanadi. Ushbu qoida mehnatda mayib bo’lgan yoki kasb kasalligiga chalinib, I va II guruh nogironi sifatida ro’yxatdan o’tganlarga tegishlidir.

Nizomda umumiy kasallik oqibatida I va II guruh nogironligida bo’lish vaqti yoshga doir pensiyani tayinlashda stajga qo’shib hisoblanishi haqida qoida mavjud emas.

Demak, agar amakingiz II guruh nogiroligiga mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinish natijasida chiqqan bo’lsa, nogiron sifatida ro’yxatda bo’lgan davr yoshga doir pensiyani tayinlashda stajga qo’shib hisoblanadi.

Comments are closed.