Bojxona va soliq

Nogironlarga bojxona imtiyozi bormi?

Savol: Bolalikdan 2-guruh nogironiman.  Qozog’istondagi qarindoshlarim menga qo’l bilan boshqariladigan mashina sovg’a qilmoqchi. Bojxona to’lovida nogironlarga imtiyoz bormi?

Javob: O’zbekiston Respublikasining “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasida tovarlarga nisbatan imtiyozlar individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, nogironlar tomonidan olib kelinadigan tovar va transport vositalari uchun ham bojxona to‘lovlaridan ozod etish nazarda tutilmagan.

Faqatgina jismoniy shaxslar tovar va transport vositalarini o‘z ehtiyojlari uchun olib kelsa, “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni bojsiz olib kirishning eng yuqori ma’yorlari to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga asosan, bojsiz olib kirish me’yori qo‘llaniladi. Ya’ni 1000 AQSh dollari miqdorida chegirma inobatga olinib, imtiyozli bojxona rasmiylashtiriluviga ruxsat beriladi. Mazkur me’yordan oshgan qismiga quyidagi bojxona to‘lovlari to‘lanadi:

–Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yig‘imlari to‘g‘risida”ni qaroriga asosan, bojxona yig‘imi (bojsiz olib kirish me’yori qo‘llanilmagan holda);

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bojxona boji;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, aktsiz solig‘i (bojsiz olib kirish me’yori qo‘llanilmagan holda);

– Soliq kodeksiga asosan, qo‘shimcha qiymat solig‘i;

– Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslardan undiriladigan yig‘im.

Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, avtotransport vositasi ma’lum muddat o‘tgach sotiladigan yoki begonalashtiriladigan bo‘lsa, imtiyozli tartibda rasmiylashtirilgan bojxona to‘lovlari to‘liq undirib olinadi.

One Comment