Savol: Amnistiya haqida ma’lumot bersangiz. Nima uchun jinoyatchilarga amnistiya beriladi? Axir ular keyinchalik ham jinoyat sodir etishi mumkinku?
Javob: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 68-moddasiga ko’ra, jinoyat sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi, 10-bandida qayd etilganidek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati O’zbekiston Respublikasi prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qiladi. Amnistiya jinoyat sodir etgan, shuningdek, jazoni o’tayotgan shaxslarga nisbatan bildirilgan insonparvarlikning namoyishidir.
Amnistiya – muayyan jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan jinoyat qonunini bekor qilmasdan, sud hukmining qarorlari asosli va qonuniyligini shubha ostiga qo’ymasdan, shaxsni jazodan yoki jinoiy javobgarlikdan ozod qiladi, aybdorga tayinlangan jazoni yengilroq jazo bilan almashtiradi yoxud belgilangan muddatlarni qisqartiradi, shuningdek, jazoni o’taganlikning oqibati sudlanganlikni bekor qiladi.
Amnistiya akti muayyan jinoyat uchun javobgarlikni ko’zda tutgan huququiy hujjatni, ya’ni sud hukmini bekor qilmaydi, balki jinoyat sodir etgan shaxslar qismatini yengillashtiradi. Amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilishda insonparvarlik prinsipi o’z ifodasini topgan.
Amnistiya – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan qabul qilinadigan normativ xarakterdagi hujjat bo’lib, unda jinoiy javobgarlikdan yoki tayinlanga jazoni o’tashdan ozod etiladigan, sud belgilagan jazo muddati qisqartiriladigan shaxslar toifalari yoki barcha shaxslar belgilab beriladi. Amnistiya akti yuridik kuchi muayyan doiradagi shaxslarga nisbatan (masalan, Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, ayollar, voyaga yetmaganlar yoki 60 yoshdan kattalar) yoki muyayan turdagi jinoyat (masalan, ehtiyotsizlik tufayli, iqtisoidy va h.k.) sodir etganlarga nisbatan chiqarilgan normativ akt hisoblanadi. Amnistiya to’g’risidagi e’lon qilgan aktlarning birontasi ham “javobgarlikdan ozod etish” tushunchasini o’z ichiga olmaganligiga qaramay, u har holda jinoiy ishni qo’zg’atishdan voz kechish, uni dastlabki tergov paytida tugatish yoki ayblilik to’g’risiddagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini tugatish orqali amalga oshiriladi.
Jinoyat-protsessual qonuni hujjatlariga muvofiq, agar amnistiya akti sodir etilgan qilmish uchun jazo qo’llanishini bekor qilgan taqdirda jinoiy ish qo’zg’atilishi mumkin emas, qo’zg’atilgan ish esa, tugatilishi shart. Ayblanuvchi bunga qarshi bo’lsa, shu bilan birga, jinoyat ishi sud muhokamasi bosqichida bo’lganida amnistiya akti bo’yicha jinoyat ishi tugatilishi mumkin emas. Bunday vaziyatda sud ishni oxirigacha ko’rib chiqib, ayblov hukmi chiqarishi orqali mahkumni jazodan ozod qiladi.
Shuni ham qayd etish lozimki, respublikamizda amnistiya akti to’g’risida qonun qabul qilinmagan. Bu to’g’ri, chunki bunday qonunni qabul qilishning hech qanday amaliy ahamiyati yo’q. Har safar amnistiya akti chiqqanda, shu aktning o’zida amnistiya qilinsihi lozim bo’lgan shaxslar guruhi va amnistiya qilish tartibi ko’rsatiladi. Aybdorni jinoiy javobgarlikdan ozod qiluvchi amnistiya aktiga zid ravishda yoki jinoiy javobarlikka tortish muddati o’tganidan so’ng jinoiy ish qo’zg’atilgan taqdirda, mahkum, garchand, jazoni o’tashdan ozod qilinga bo’lsa-da, ayblov hukmi bekor qilinib, ish harakatlari to’xtatiladi.
Amnistiya aktlari, odatda, voyaga yetmaganlar, ayollar, homilador ayollarga, shuningdek, boshqa belgilari: jioyatning xarakteri va og’irlik darajasiga (ehtiyotsizlikdan sodir etilgan, qadsddan sodir etilgan uncha og’ir bo’lmagan va og’ir jinoyatlar) ko’ra qo’llaniladi. Ammo, boshqa ijtimoiy-siyosiy asoslarga ko’ra ham amnistiya aktlari qabul qilingan bo’lib, ularning doirasi an’anaviy tartibda emas, balki, alohida tartibda belgilanadi. Ana shu nuqtai nazardan amnistiya retsidivistlar va boshqa xavfli jinoyatchilarga nisbatan qo’llanmaydi. Masalan, amnistiya to’g’risidagi qarorlarda u yoki bu qoidalarning amal qilishi uyushgan guruhlar tarkibida harakat qilgan, o’ta og’ir jinoyatlar sodir qilgan, juda ko’p miqdorda giyohvandlik vositalari muomalasi bilan bog’liq jionyat sodir qilganlar va o’ta xavfli retsidivist, deb e’tirof etilgan ahsaxlarga nisbatan qo’llanmaydi.
Amnistiya aktining yuridik kuchi ushbu me’yoriy akt kuchga kirgan, ya’ni u e’lon qilingan kunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslarga tatbiq etiladi. Amnistiy aktlari to’rt oy mobaynida amal qilib, bu o’z navgatida ushbu insonparvarlik akti ana shu davr davomida bajarilish shartligidan dalolat beradi.
Umumiy qoidaga ko’ra, amnistiya akti u chiqarilgunga qadar sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Uzoqqa cho’zilgan jinoyat sodir etgan shaxlarga nisbatan, amnistiya akti, agar jionyatni tashkil etuvchi barcha harakatlar amnistiya akti kuchga kirgunga qadar amalga oshirilgan bo’lsa, tatbiq etiladi. Amnistiya akti asosida shaxsni jinoiy javobarlikdan ozod qilish davlat tomonidan uning jinoyatini emas, balki shaxsning kechirilishidir.
Jinoyat kodeksining 7-moddasida Insonparvarlik prinsipi o’z aksini topgan bo’lib, unga ko’ra, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko’zlamaydi.
O’zbekiston respublikasi jinoyat to’g’risidagi qonun hujjatlariga ko’ra, jazo jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan aks ta’sir qilish maqsadida emas, balki kodeksning insonparvarlik go’oyalariga tayanib, uni tarbiyalash va jamiyatga qaytarishni ko’zda tutadi.
Amnistiyaga akti qo’llanilgan barcha shaxslar ham qaytib jinoyat sodir etmaydi. Aksincha, amnistiya jinoyat sodir etgan shaxslarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini oshirib, jamiyatda to’g’ri yo’l tutishlari uchun yanada mas’uliyat yuklaydi. Bundan tashqari, amnistiya akti asosan jinoyat ko’chasiga adashib kirib qolgan, birinchi marta jinoyat sodir etgan va boshqa turli sabablarga ko’ra ijtimoiy xavfi kamroq bo’lgan shaxslarga nisbatan hamda jinoyatchilarning jazo uylarida bo’lishlari yoki jinoyatchi degan tamg’a ostida bo’lishlari ularning bunday jazo va ayblovdan soqit bo’lgan holatiga nisbatan ko’proq jamiyat uchun zararli bo’lishi (masalan, ayollar, voyaga yetmagan shaxslar, homilador ayollar, yosh bolali ayollar hamda keksalar) taxmin qilingan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Amnistiya jinoyat huquqi olamidagi eng katta insonparvarlik prinsipi namoyandasi bo’lgan jarayon hisoblanadi.