Fuqarolik huquqi

Nikohni bekor qilish uchun qancha boj to’lanadi?

Savol: Man xotinim bilan ajrashmoqchiman. Sud mendan eng kam ish haqining 100 baravarida boj to’lashimni aytdi. Shu to’g’rimi?

Javob: Davlat boji Stavkalarining 1-bandi “v” kichik bandiga ko’ra,  nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan‎            eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida; ‎‎takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan‎            eng kam ish haqining 120 foizi miqdorida‎;  nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk bo‘lingan holda‎       boj 1-bandning “a” kichik bandiga ‎muvofiq da’vo bahosi bo‘yicha belgilanadi.

1 –bandning  “a” kichik bandiga ko’ra esa, da’vo bahosi eng kam ish haqining:    ‎‎‎

‎            20 baravarigacha bo‘lganda‎    da’vo bahosining 5 foizi miqdorida; ‎

‎            20 dan 40 baravarigacha bo‘lganda‎    da’vo bahosining 10 foizi miqdorida; ‎

‎            40 dan 80 baravarigacha bo‘lganda    da’vo bahosining 15 foizi miqdorida; ‎

‎            80 baravaridan ko‘p bo‘lganda           da’vo bahosining 20 foizi miqdorida to’lanadi.

Demak, nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizangizda er-xotin o’rtasidagi mol-mulkni bo’lish to’g’risida nizo mavjud bo’lmasa, eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida davlat boji to’lashingiz talab etiladi. Da’vo arizangizda er-xotin o’rtasidagi mol-mulkni bo’lish to’g’risida nizo mavjud bo’lsa, 1-bandning “a” kichik bandida ko’rsatilgani  kabi siz da’vo qilayotgan mol-mulkning bahosiga qarab  to’lashingiz lozim bo’lgan davlat bojining miqdori o’zgarib boradi.

4 Comments

  1. Salom ! Savolim agar er-xotin ikkalasi ham ajralishga rozi bo’lib ularning voyaga yetmagan bolasi bo’lsa ajrashish jarayyoni kancha vaqtni oladi va qancha miqqdorda davlat boji to’lanadi, ajrashish sudsiz qilinsa bo’ladimi?
    oldindan rahmat.

  2. Assalomu alaykum. Mening bir tanishim 2 yildan beri eri bilan yashamaydi, lekin qonuniy ajrashmagan 2 nafar voyaga yetmagan farzandi bor. Eri qonuniy hech qaerda ishlamaydi, lekin kelishuvga asosan fermer xujaliklarida ishlaydi. Tanishim xususiy tikuvchilik firmasida ishlaydi, lekin oyligi kam bolalarini boqishga yetmaydi. Eri 2 yildan beri bolalari ta’minoti uchun umuman qarashmagan. Aliment to’lashdan bosh tortmoqda. Tezroq aliment undirish uchun nima qilish kerak chunki bolalari maktabga chiqishi kerak ularga kiyim bosh kerak. Tuman fuqarolik sudiga ariza bergan lekin vaqt o’tib bormoqda. Iltimos bir ojiza o’zbek ayoliga tug’ri yo’l kursating. Javob uchun raxmat.

  3. Meni ayolim uydan chiqib ketganiga 20kun boldi. Bu holat birinchi marta emas. Ortada 7 oylik farzandimiz bor men bolaning extiyoji uchun aliment tolavoman.. Men xotinim bn ajrashmoqchiman farzandimiz 1 yoshga tolmaguncha sudga ariza bera olmaymanmi?

    • Laziz,

      Xotiningiz rozi bo’lmaguncha farzandingiz 1 yoshga to’lmaguncha va/yoki xotiningiz homilador bo’lgan muddat davomida o’zingiz mustaqil ajrashish to’g’risida sudga ariza bera olmaysiz. Agar xotiningiz ham ajrashishni xohlasa va sudga ariza berishga rozi bo’lsa, unda albatta ariza berishingiz mumkin.