Savol: Nikohni bekor qilish uchun sudga ariza berish uchun qancha haq to’lanadi? Uni har ikki tomon birga to’laydimi yoki faqat da’vogarmi?
Javob: Davlati boji stavkalarining “v” bandiga ko’ra, nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalari uchun eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida davlat boji to’lanadi. 2013-yil 16-fevral holatiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida eng kam oylik ish haqi 79590 so’m, uning 50 foizi esa 39495 so’mni tashkil etadi.
Bojni nikohdan ajratishni so’rab sudga ariza topshirgan tomon, agar er-xotin birgalikda nikohdan ajratish haqida sudga ariza yozgan bo’lsa, o’zaro kelishgan holda tomonlardan biri to’laydi.
Oila kodeksining 45-moddasiga ko’ra, sud nikohdan ajratish haqida hal qiluv qarorini chiqarish paytida nikohdan ajratish to‘g‘risidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining guvohnomasi berilayotganda, er-xotinning har ikkalasi yoki ulardan biri to‘laydigan davlat boji miqdori belgilanadi. Agar sud bu bojni er-xotinning har ikkalasidan undirishni lozim deb topsa, ularning har biri to‘laydigan boj miqdorini belgilaydi.
One Comment