Fuqarolik huquqi, Yuridik klinika

Nikohdan ajratishda qanday qilib farzandlarni ota qaramog’ida qoldirish mumkin?

Savol: Assalomu alaykum, quyudagi savolimga javob bersangiz. Er-xotin ajrashish jarayonida qanday qilib ikkala farzandni ham ota tomonga hal qilish mumkin? (Farzandlarning kattasi uch yosh, kichigi bir yosh). Javobingiz uchun rahmat.

Javob: O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra nikohdan ajralish ishlari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida (FHDYO) yoki er yoki xotindan birining da’vo arizasi bilan fuqarolik sudlarida ko’rib chiqiladi. Agar er va xotin o’rtasida voyaga yetmagan farzandlar  hamda mulkka oid da’volar bolmasa, ular  FHDYO da nikohni bekor qilishi mumkin. Biroq sizning savolingizga ko’ra, er va xotin o’rtasida ikki nafar voyaga yetmagan farzand borligi uchun bu ish, albatta, sudda ko’riladi.

Da’vo arizasi kim tomonidan berilishiga qarab sud joylashgan tuman tanlanadi. Masalan, agar xotin nikohni bekor qilish bo’yicha da’vo qilayotgan bo’lsa, unda da’vo arizasi turmush o’rtog’i doimiy ro’yxatda turadigan manzilga qarab fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo sudga topshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi 44-moddasi 2-qismiga ko’ra, sudlar nikohdan ajratishga oid ishlarni ko’rishda ajrashayotgan er-xotinlarning voyaga yetmagan farzandlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish choralarini ko’rishlarini kerak. Shuning uchun sudlar er va xotin nikohdan ajrashgan taqdirda, o’rtalaridagi farzandlarini ta’minlash va tarbiyalash haqida o’zaro kelishuvga kelgan-kelmaganligini aniqlashi shart. Agar er-xotin bunday kelishuvga kelmagan bo’lsa, sudya bolalar ota-onaning qaysi birida qolishi va ularning ta’minoti uchun nafaqa undirish masalasini hal qilishi lozim.

Demak, sudga ariza bilan murojaat qilayotganda er-xotin farzandlari kimda qolishini kelishib olishlari mumkin yoki arizada taraflardan biri farzandi o’zi bilan qolishini talab qila oladi. Farzandlar kimning qaramog’ida qolsa, ikkinchi taraf, ya’ni farzandlarini o’z qaramog’ida qoldirmagan taraf bolalar voyaga yetgunlariga qadar  bolalar ta’minoti uchun nafaqa to’laydi. Nafaqa miqdorini farzandlar soniga qarab sud belgilaydi.

Amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra, farzandlar 10 yoshga yetgan bo’lsa, ota-onasidan qay biri bilan qolishni sud ulardan so’raydi va farzandlar fikrini inobatga oladi.

Agar farzand qaramog’iga olgan taraf qo’l ostida yaxshi qarov ko’rmasa, ikkinchi taraf farzand tarbiyasini o’z qo’liga olishni so’rab sudga qayta murojaat qilishi mumkin.

Oila Kodeksining 39-moddasiga ko’ra xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug’ilgandan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to’g’risida ish qo’zg’atishga haqli emas. Agar nikohdan ajratishni so’rab murojaat qilayotgan taraf ota tomon bo’lsa, ikkinchi farzandning aniq bir yoshdan oshishini kutishi kerak.

Farzandlarni ota qaramog’ida qoldirish uchun aynan nima sabablarga ko’ra bu talab qilinayotgani ishonarli va asoslantirilgan holda da’vo arizasida yozilishi kerak. Sud jarayonida esa da’vogar bu asoslarni isbotlab berishi talab etiladi. Masalan, onaning farzandlar tarbiyasi bilan shug’ullanmasligi; farzandlarni yetarli darajada parvarish qila olmasligi; onaning axloqiy buzuqligi; farzandlar tarbiyasi bilan shug’ullanishni sog’ligi ko’tara olmasligi kabi holatlar isbotlansa, sud farzandlarni ota bilan qolishi haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.

21 Comments

  1. Mening xotinimda tutqanoq kasali bor, u hozir o’z uyida bolamni otalik huqidan foydalanib o’z tarbiyamga olsam bo’ladimi? Oldindan raxmat.

    • Nasrulla, xotiningizning tutqanoq kasalligini ro’kach qilib, farzandingizni o’z tarbiyangizga olishni so’rab sudga murojaat qilishingiz mumkin. Xotiningizda tutqanoq kasalligi mavjudligi isbotlansa, sud farzandni sizga berish ehtimoli juda katta. Albatta, sud ishida boshqa faktorlar ham hisobga olinadi.

  2. Turmushimizga qaynotam-qaynonam aralashgani-aralashgan. Bekordan bekorga kelib uyimizda to’polon qilib ketadi, nima qilishim mumkin.

    • Menda ham shu masala problema. Ayolimni ota-onasi turmushimizga kup aralashadi. Qaynotam bir necha bor qamalib chiqqan. Ajrashay desam 2 farzandimiz bor. Ularni uz qaramog’imda qoldirish un qaynotamni qamalib chiqaani kifoya qiladimi?

  3. Qanday hollarda nikoh shartnomasini erimning roziligisiz bekor qilish mumkin?

    • Nigora, nikohdan ajratish ishlarida bir tomonning, masalan, erning nikohni bekor qilishga noroziligi sudyani nikohni bekor qilishdan to’xtatib qolmaydi. Ikkinchi tomoninng noroziligiga qaramasdan, nikohdan ajratishni so’rab sudya murojaat qilishingiz mumkin va har qanday asos va sabablaringini keltirishingiz mumkin. Sud oilani birga yashab ketishiga umid yo’q, degan xulosaga kelganda, nikohni bekor qiladi. Er yoki xotindan birining ajrashishni istamasligi nikohni bekor qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Chunki qanday va kim bilan yashash har bir kishining shaxsiy huquqi va u agar nikohdan ajrashishni istamayotgan er yoki xotinning istaklariga qarshi bo’lsada, u bilan majburan nikohda yashamaslikka haqqi bor.

  4. Man ajrashmoqchiman xotinim oglimni yolgiz uyda tashlap ketib qogan 8oyligida xozir yoshidan otgan endi oglimni olmoqchi qanday qilib uni onalik xuquqidan maxrum qisam boladi

  5. Assalom aleykum Admin: Men Jahongirman man bir qizni qattiq sevardim chunki unda meni o’ziga tortuvchi Xislat bor edi hamma narSa shundan boshlandi Tug’ilgan kunida katta sovg’a olib berdim dugonasi bizni körolmay turli yo’llar bilan bizni ajratishga urinardi va niyatiga yetdi ayb menda men uni tushinmay xatto gapini eshitmay aloqalarni uzdim lekin shunda ham negadir unutolmayapman telefon, komputerda rasmlarini kørsam yuragim eziladi hozir u haqida turli gaplar yuribdi har kim bilan yurganmish eng ayanchlisi men qörqyapman kelajak hayotimda bu qiz oilamga, farzandlarimga gunohim tasiri tegmasmikan Maslahat beringlar endi sevib uylansammikin yoki ota onam xohishi bilanmi? Yordam beringlar

  6. 1 yoshli qiz farzandim bor uylanganimga 2 yil buldi xotinimni yaxshi kuraman xotinim singlim bilan murosasi kelishmay qoldi ajrashmoqchi men esa xoxlamayman xotinim aliment undirmoqchi nima qilsam buladi iltimos yordam berina

  7. sudga ajrashish xaqida ariza tashlamaydepartament orqali aliment undira oladimi

  8. мен йашайман айолим билан десам суд яраштириши мумкинми

    • Hurmatli Shuxrat, oilangizni saqlashga harakat qiling. Sudga arjrashish to’g’risida ariza berganingizda ham faqatgina singlingizning ayolingiz bilan kelisha olmasligi bir oilani ajratishga sabab bo’la olmaydi, deb sud sizni da’vongizni rad etish ehtimoli ko’p (bizga noma’lum boshqa holatlar mavjud bo’lmasa). Er-xotin ajrashmasdan turib yoki ajrashish uchun sudga ariza bermasdan turib ham agar birga yashamayotgan bo’lsa. farzandi uchun aliment undirishi mumkin. Agar siz ham ayolingiz ham birga yashayman desangiz, albatta, sudning sizlarni yarashtirish ehtimoli juda katta.

  9. Xotin bilan ajrashmoqchiman. 2 yoshlik bolam bilan va xotinimni qornida ham bola bor.
    Malumki “Oila Kodeksining 39-moddasiga ko’ra xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug’ilgandan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to’g’risida ish qo’zg’atishga haqli emas. ”
    qonunda joyi bor agar xotinim men bilan ajrashishga rozi bo’lsa ajrasha olamanmi yoki yoqmi?
    Oldindan Rahmat

  10. asalamu alekum men ajrashmoqchiman bitta oglim bor tugulganidan boshlap oyim qaraydilar oglimga oglimni onam vasiligiga berdim men bir yilcha boldi ajrashganimga oglim ikki yoshda qanday qilib oglimni olib qasam boladi

  11. Assalomalaykum tashabbus,
    Men samarqandlikman, ayolim Toshkent viloyatida ruyhatta turadi. Haligacha samarqandda ruyhatga utmagan. Zaksdan toshkent viloyatida utganmiz. Ajrashish uchun qaysi sudga murojat qilinadi. Samarqand ili Toshkent viloyati?
    Javobiz un oldindan rahmat.

  12. Салом исмим шерзод укамни хотини хеч сабабсиз уйдан кетган хозир эса оиламиз шани учун ёлгон хабарлар таркатиб оиламиз ва укамни катик ранжити хозир укам алиментини тулаябди. Куч-куронини олиб кетмаябди кандай килиб куч-куронини берворишимиз мумкин?

    • Ko’ch ko’ronini uyiga olib borishingiz mumkin. Bu xatti-harakat hech bir huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi. Ammo rostan nikohdan ajrashmoqchi bo’lishsa, buning uchun tezroq sudga ariza bergan ma’qul. Bundan tashqari, agar oilangizga nisbatan qilgan bo’hton yoki tuhmatlari uchun ayolni sudga berishingiz mumkin.

  13. salom tashabbus meni savolim.ajrashish arizasini tobshirish uchun davlatga pul tulash kerakmi va bulsa qancha

  14. Assalomu aleykum! mani turmush urtogim ajralish uchun ariza beribdilar, lekin qaramogimda nogiron farzandim borligi sababli uning operatsiyalar utmaguncha ajrashmoqchimasman. 1 yarim yil oldin mani soglom bola tugolmaslikda ayblab uydan chiqarib yuborishdi. birga yashamayotganligimiz sababli tezrog soglom ugil farzand kurish maqsadida uzini jiyaniga uylanmoqchi. man qanday chora kurolaman? yoki ajrashgan taqdirimizda ham operatsiya harajlarini tulaydimi? Yoki Agar uylansa unga farzandimni bermaslikga, kurishga ruxsat bermaslikga haqqim bormi? Javoblar uchun oldindan Raxmat.