Savol: Nikoh yoshi necha yoshdan qilib belgilangan?
Javob: O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksining 15-moddasiga binoan, nikoh yoshi erkaklar uchun o‘n sakkiz yosh, ayollar uchun o‘n etti yosh etib belgilanadi.
Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.