Fuqarolik huquqi

Nikoh buzilganda meros bo’linadimi?

Savol: Er-xotin ajrashmoqchi bo’lsa, xotin erning vafot etib ketgan ota yoki onasining nomidan o’gilning nomiga o’tgan uy-joy va moshinaga da’vo qilishi mumkinmi?

Javob: Oila kodeksiga ko’ra, nikohdan ajratishda er-xotinning umumiy mulki bo’linadi. Kodeksning 25-moddasiga ko’ra, er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o‘z mulki hisoblanadi.

Demak, agar uy-joy va moshina erning nomiga ota-onasidan meros yoki hadya tariqasida o’tgan bo’lsa, ushbu uy-joy va moshina erning o’ziga tegishli mulk hisoblanadi va nikohdan ajratishda er va xotin o’rtasida bo’linmaydi.

Nikoh davomida er-xotinning umumiy mulki yoki ulardan har birining mol-mulki yoxud er va xotindan birining mehnati hisobiga mol-mulkning qiymati ancha oshishiga olib kelgan mablag‘lar (kapital ta’mirlash, qayta qurish, qayta jihozlash va boshqalar) qo‘shilgani aniqlansa, er yoki xotindan har birining mol-mulki ularning birgalikdagi mulki deb topilishi mumkin.

Comments are closed.