Bojxona va soliq

Rossiyada olingan “Nexia” avtomobili uchun qanday boj to’lanadi?

Savol: Akam Rossiyada ishlaydi, shu yili Rossiyadan 2013-yil davlatimizda ishlab chiqarilgan neksiya olgan, shuni davlatimizga olib kelib, mening nomimga to’liq raymiylashtirishga qancha summa ketadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarning bojxona qiymati “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonun va “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash bo‘yicha Yo‘riqnoma”da nazarda tutilgan me’yorlar asosida aniqlanadi.

Siz tomoningizdan olib kelinishi mo‘ljallanayotgan transport vositalarining TIF TN bo‘yicha kodidan (TIF TN kodlari TIAISVga qarashli “O‘zbekekspertiza” tomonidan aniqlanadi) kelib chiqib, quyidagi bojxona to‘lovlari olinadi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi qaroriga asosan bojxona yig‘imlari;

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 5-avgustdagi PQ-1169-sonli qaroriga asosan bojxona boji;

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qaroriga asosan aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS).

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunning (1997-yil 29-avgustdagi 470-1 son) 33-moddasiga asosan olib kirgan/kiriladigan tovarlarga (mazkur holda transport vositalariga) tegishli bo‘lgan “Tovarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlovchi ST-1 shaklidagi Sertifikat”ni bojxona organlariga taqdim etgan holda, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida bojxona bojidan imtiyoz qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.

Qo‘shimcha ravishda shuni ma’lum qilamizki, olib kelinishi mo‘ljallanayotgan tovarlarning bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish uchun, tovar va transport vositasiga tegishli hujjatlar bilan siz istiqomat qilayotgan hududdagi bojxona boshqarmasiga murojaat qilganingizda yakuniy qaror qabul qilinadi.

Manba: O’zbekiston Respbublikasi Davlat bojxona qo’mitasi

Comments are closed.