Savol: Men moldovalik shaxsga turmushga chiqqanman. Nikohimiz qonuniy va nikoh hujjatlariga egamiz. Men O’zbekiston fuqarosiman, Moldovada tug’ilgan qizim esa Moldova Respublikasi fuqarosi. O’zbekiston hududiga kirish uchun qizim viza olishi kerakmi?
Javob: O’zbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi o’rtasidagi ikki tomonlama shartnomaga asosan ikki davlat o’rtasida fuqarolar uchun vizasiz tartib o’rnatilgan. Moldova Respublikasi fuqarosi bo’lgan shaxslardan O’zbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun viza talab qilinmaydi.