Mehnat va jtimoiy ta'minot

Mehnat kodeksi xususiy korxonalarga ham tatbiq qilinadimi?

Savol: Men xususiy korxonadan ish topdim. Meni bir narsa o‘ylantirayapti: agar mening xodim sifatidagi huquqlarim nodavlat, ya’ni xususiy tashkilotda buzilgan bo‘lsa men yordam so‘rab vakolatli tashkilotlarga murojaat qilaolamanmi?

Javob: Albatta murojaat qila olasiz. Mehnat kodeksining amal qilish doirasi mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar va xodimlarga (mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan) nisbatan tatbiq etiladi.

Siz ishga joylashmoqchi bo‘lgan xususiy korxonaning ish beruvchisi ham davlat tashkilotlari rahbarlari bilan bir xil javobgarlikka ega. Barcha hollarda ham mehnat munosabatlarining vujudga kelishiga Siz va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi. Biroq, shuni e’tiborga olish lozimki, barcha tashkilotlar Konstitutsiya va Mehnat kodeksiga zid bo‘lmasligi zarur bo‘lgan, o‘zlarining ichki tartib qoidalarini o‘rnata oldilar.

 

Manba

Comments are closed.