Jinoyat va ma'muriy huquq

Mast holda avtomobil boshqarishga qanday jazo bor?

Savol: Haydovchi mast holatda avtomobilni boshqarganda DAN xodimi tomonidan ushlansa, haydovchiga nisbatan qanday jazo chorasi qo’llaniladi?

Javob: O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 131-moddasi “Transport vositalarini mast holda boshqarish” deb nomlanib, unga ko’ra haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarishi transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish eng kam ish haqining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Demak, haydash huquqiga ega haydovchining mast holda avtobomilni boshqarishi faqat transport vositasini boshqarish huquqidan ma’lum muddatga mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi. Jarima tortilmaydi.

One Comment