Dolzarb mavzu, Xabarlar

Majburiy paxta yig’im-terimiga qarshi huquqiy qo’llanma

O’zbekistonda paxta terimi boshlandi. Har yilgidek, joriy mavsumda ham davlat byudjeti asosida ishlovchi tashkilotlar, maktab, kollej, litsey va oliy o’quv yurtlari xodimlari, o’qituvchilar va talabalar majburan terimga safarbar etilmoqda.

Saytimizda o’tgan yili paxta terimiga majburan olib chiqish, jumladan, voyaga yetmagan shaxslarni paxta terimiga jalb etish noqonuniy ekani haqida qator maqolalar chop etgan edik.

Ana shu huquqiy maslahatlar va maqolalarni to’plab, tartibga solib, fuqarolar paxta yig’im-terimiga majburan jalb etilgan holatlarda qanday huquqiy choralar ko’rishi lozimligi haqida maxsus qo’llanma tayyorladik. Ushbu qo’llanmani quyida lotin va kirill alifbolarida, shuningdek, rus tilida e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

Qo’llanmaning ilova qismida majburiy mehnatga jalb etilgan holatlarda fuqarolar yozishi lozim bo’lgan ariza namunalari hamda ularni qay tartibda va qayerga yozish yo’l-yo’riqlari ham berilgan.

Qo’llanmani imkon qadar ko’proq odamlarga yetkazishda bizga yordamchi bo’lasiz, degan umiddamiz.

Qo’llanma-kitobni “PDF” shaklida saqlab oling:

  1. Majburiy paxta yig’im-terimiga qarshi huquqiy qo’llanma (Lotin alifbosida)
  2. Мажбурий пахта йиғим-теримига қарши ҳуқуқий қўлланма (Кирилл алифбосида)
  3. Руководство по правовым мерам против принудительного труда на хлопковых полях (На русском языке)

Comments are closed.