O’zbekistonda paxta terimi boshlandi. Har yilgidek, joriy mavsumda ham davlat byudjeti asosida ishlovchi tashkilotlar, maktab, kollej, litsey va oliy o’quv yurtlari xodimlari, o’qituvchilar, talabalar va hatto xususiy sektorda ish yurituvchilar ham majburan terimga safarbar etilmoqda.
Saytimizda bundan oldin e’lon qilingan paxta terimiga majburan olib chiqish, jumladan, voyaga yetmagan shaxslarni paxta terimiga jalb etish noqonuniy ekani haqida qator maqolalar chop etgan edik. Majburiy mehnat, bolalar mehnati hamda paxta terimiga bog’liq barcha maqolalarimizni shu yerda o’qishingiz mumkin.
Maqolalarimizda aytilgan huquqiy maslahatlar va qonunchilik normalarini to’plab, tartibga solib, fuqarolar paxta yig’im-terimiga majburan jalb etilgan holatlarda qanday huquqiy choralar ko’rishi lozimligi haqida 2014-yilda maxsus qo’llanma tayyorlagan edik. 2016-yilda esa o’quvchilarga foydalanish qulay bo’lishi uchun mazkur huquqiy qo’llanmaning qisqa variantini tayyorladik. Ushbu qisqa qo’llanmani quyida lotin va kirill alifbolarida, shuningdek, rus tilida e’tiboringizga havola etmoqchimiz. Qo’llanmaning to’liq ilk nashrini shu yerda o’qishingiz yoki yuklab olishingiz mumkin.
Qo’llanmani imkon qadar ko’proq odamlarga yetkazishda bizga yordamchi bo’lasiz, degan umiddamiz.
Qisqa qo’llanma-kitobni “PDF” shaklida saqlab oling:
- Majburiy paxta yig’im-terimiga qarshi huquqiy qo’llanma – Qisqa varianti (Lotin alifbosida)
- Мажбурий пахта йиғим-теримига қарши ҳуқуқий қўлланма – Қисқа варианти (Кирилл алифбосида)
- Руководство по правовым мерам против принудительного труда на хлопковых полях (На русском языке)