Fuqarolik huquqi

Mahbusning pasportini almashtirish mumkinmi?

Savol: Qamoqdagi odamning muddati o’tib ketgan pasportini yangilash mumkinmi? Buning uchun nima qilishimiz kerak?

Javob: “O’zbekiston Respublikasida passport tizimi to’g’risida”gi nizomga ko’ra,  qamoqqa olingan, shuningdek, ozodlikdan mahrum etilgan, qamoq jazosiga mahkum etilgan shaxslar pasporti surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan olib qo‘yiladi. Qamoqdan ozod qilingandan yoki jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng pasport egasiga qaytariladi.

Demak, qamoqdagi shaxslarning pasportlari ular qamoqdan chiqqunga qadar  huquqni muhofaza qiluvchi organlarda saqlanadi va ular qamoqdan ozodlikka chiqqachgina pasportlarini  ishlatish yoki almashtirishga ruxsat beriladi.

One Comment