Savol: Chetellik kursdoshlarim blan “Hong Kong” shahriga borishga qaror qildik. Lekn men O’zbekiston fuqorosi, boshqa davlatda bo’la turib boshqa chet el davlatlariga chiqishni amalga oshirishi mumkinligi haqida hech qanday ma’lumot yo’q. Men Koreyadan “Hong Kong”ga borishim uchun qandy hujjat kerak?
Javob: Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga 1-ilova sifatida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi” Tartibining 3-bandiga muvofiq, chet elga vaqtincha chiqayotganda fuqarolarga chet elga borish uchun 2 yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri (keyingi o‘rinlarda stiker deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi. Fuqarolar ko‘rsatilgan muddat mobaynida bir necha marta chet elga chiqishi mumkin.
Janubiy Koreyaga borish uchun stiker, ya’ni OVIR olgan bo’lsangiz kerak. Demak, ayni damda Koreyadan turib Gon-Kongga safar qilish uchun qonunchilikda hech bir to’siq yo’q.